
Xese Emmanuel Makronni Kilian Mbappe faoliyatiga aralashgani uchun tanqid qildi.
Avvalroq, "Real" sobiq hueumchisi fransiyalik futbolchining 2021 yil fevralida madridliklar safiga o‘tish istagi haqida gapirgandi.
"Men u bilan boshqa gaplashmadim. Biroq hammasi aniq edi. U "Real"ga o‘tishni istayotganini menga aytgan.
Nazdimda, bu professional bosimdan ko‘ra ko‘proq shaxsiy bosim. Barcha futbolchilar qaror qabul qiladi. Ular xato qilishlari yoki o‘zgalarning qaroriga rozi bo‘lishi mumkin.
Boshqa odamlar aralashmasligi kerak. Masalan, Fransiya prezidenti sizga: "Ketmang, qolishingiz kerak", demasligi lozim. U shaxsiy bosimga duch kelgan", - dedi Xese. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar