785
APL. «Manchester Yunayted» o‘z maydonida yirik hisobda g‘alaba qozondi, «Arsenal» esa «Nyukasl»ni yenga olmadi
Futbol bo‘yicha Angliya Premer Ligasining 19-turidan o‘rin olgan qator o‘yinlar 3 yanvar, seshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
«Arsenal» o‘z maydonida «Nyukasl»ni qabul qildi. Uchrashuvda londonliklar ustunlik qilgan bo‘lsa-da, hisob ochilmadi.
«Kanonirlar» ochkolarini 44 taga yetkazib, 1-o‘rinda bormoqda. «Nyukasl» esa 35 ochko bilan 3-pog‘onani band etgan.
«Manchester Yunayted» «Bornmut» bilan bahs olib bordi. Uchrashuvning 23-daqiqasida Kazemiro hisobni ochdi. 49-daqiqada Lyuk Shou manchesterliklarning ikkinchi goliga mualliflik qildi. 86-daqiqada esa Markus Reshford ham o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi.
Erik ten Hag shogirdlari 35 ochko bilan 4-o‘rindan joy olgan. «Bornmut» esa 16 ochko bilan 15-pog‘onada joylashgan.
«Arsenal» — «Nyukasl» 0:0
«Arsenal»: Remsdeyl, Uayt (Tomiyasu, 76), Gabriel, Saliba, Zinchenko, Jaka, Parti, Edegor, Saka, Nketia, Martinelli.
«Nyukasl»: Poup, Tripper, Sher, Botman, Bern, Bruno Gimaraes, Longstaff, Uillok (Sen-Maksimen, 87), Almiron (Merfi, 68), Uilson (Vud, 68), Joelinton.
Ogohlantirishlar: Bruno Gimaraes (27), Uilson (28), Nketia (32), Edegor (40), Jaka (42), Joelinton (58), Almiron (59), Zinchenko (90), Lassels (90).
«Manchester Yunayted» — «Bornmut» 3:0
Gollar: 1:0 – 23 Kazemiro, 2:0 – 49 Shou, 3:0 – 86 Reshford.
«Manchester Yunayted»: De Xea, Uan-Bissaka (Diogu Dalot, 69), Maguayr, Lindelef (Martines, 88), Shou, Eriksen (Fred, 68), Kazemiro, Brunu Fernandesh, van de Bek (Garnacho, 45), Marsyal (Elanga, 69), Reshford.
«Bornmut»: Trevers, Smit (Steysi, 63), Senesi, Mifem, Kelli, Kristi (Dembele, 76), Lerma (Rotuell, 84), Kuk, Billing (Mur, 76), Solanke, Entoni.
Ogohlantirishlar: Billing (36), Smit (46), Steysi (75).
«Everton» — «Brayton» 1:4
Gollar: 0:1 – 14 Mitoma, 0:2 – 51 Fergyuson, 0:3 – 54 March, 0:4 – 57 Gross, 1:4 – 90 Grey (penalti).
«Lester» — «Fulhem» 0:1
Gol: 0:1 – 17 Mitrovich. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...