
“Roma”da o‘yin amaliyotisiz qolib ketayotgan Eldor Shomurodov bir necha kun ichida Rimni tark etishi kutilmoqda. Italiya futbolini yorituvchi bir necha manbalar bu haqda xabar tarqatdi.
Xususan, nufuzli nashrlardan biri https://romapress.net sayti jurnalisti Endi Mattioli o‘zbek hujumchisi kelajagi bo‘yicha bir qarorga kelganini ma’lum qildi.
- 2021 yilning yozida “Roma”ga kelganidan beri Shomurodov bosh murabbiy Joze Mourino ishonchini qozona olmayapti. Natijada bu forvard Italiyaning boshqa klubi – “Torino”ga ko‘chib o‘tish variantini tanladi.
Bir necha manbalar Eldor Turin jamoasini boshqarayotgan Ivan Yurich qo‘l ostiga ko‘chib o‘tishga juda yaqin turibdi. Bu transferni yakunlash uchun turinliklar Antonio Sanabriani sotib yuborish bo‘yicha ish boshlagan. Paragvaylik hujumchining ketishi Shomurodovning “Torino”ga kelishi ta’minlaydi, - deb yozmoqda https://romapress.net sayti jurnalisti Endi Mattioli.
Repubblica nashri ham bu ma’lumotlarni tasdiqladi.
Yana bir nufuzli manba – La Stampa nashri Eldor Shomurodovga A Seriya autsayderlaridan “Kremoneze” yana taklif yuborgani, biroq o‘zbek hujumchisini “Torino” variantiga rozilik bergani uchun kremoneliklar chorlovini qabul qilmaganini yozdi.
Ta’kidlash joizki, kuchli beshlik chempionatlaridagi yagona vakilimi qishki transferlar oynasi yopilguniga qadar A Seriyadagi uchinchi jamoada paydo bo‘lish ehtimol katta.
“Roma” “janglarga” tayyor
“Roma” yarim himoyachisi Brayan Kristante “Bolonya”ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvdan keyin jamoaning mavsumga tayyorgarligi haqida gapirdi.
- Hammamiz yangi yilning dastlabki o‘yinida g‘alaba qozonish qanchalar muhim ekanini tushunib turgan edik. Uzoq tanaffusdan keyin barchamiz ham mavsumning qolgan qismini muvaffaqiyatli boshlashni xohlagandik. Xalqaro tanaffusdan keyin eng katta muammo shundaki, hech bir jamoa raqibning qay darajada tayyorgarlikka ega ekanini bilmaydi.
Biz ilk bahsning dastlabki daqiqalaridan bor e’tiborimizni g‘alaba uchun jamlay oldik. Menimcha, “Roma” kurashlarga tayyor. Oldinda bizni juda muhtim uchrashuvlar kutib turibdi, - dedi 27 yoshli yarim himoyachi.
Rim klubining yetakchilaridan biriga aylangan Brayan Kristante joriy mavsumda jami 28 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Bu bahslarda o‘z vazifasini bajarishdan tashqari bitta gol va ikkita assist muallifi ham bo‘ldi.
“Roma” oldiga joriy mavsumda Yevropa ligasida g‘olib chiqish va A Seriyada kuchli to‘rtlikka kirib, Yevropa chempionlar ligasiga yo‘llanma olish vazifasi qo‘yilgan. Shuningdek, Joze Mourino shogirdlari Italiya kubogida ham bosh sovrin uchun kurashishi talab etiladi.

Abraxam uyg‘onishi kerak
“Roma” tarixidagi eng zo‘r to‘purarlardan Roberto Prutsso jamoaning tayyorgarligi va o‘yinchilarining harakatiga baho berdi.
Hozirgi paytda jamoa ishtirokini to‘g‘ri baholash juda qiyin. Qog‘ozdagi salohiyat bo‘yicha “Roma” Yevropa Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashishga qodir. Biroq, Paulo Dibala va Jorjino Veynaldum kabi o‘yinchilar mavsumning birinchi qismida jamoaga yordam berolmagani Joze Mourinoning imkoniyatlarini cheklab qo‘ydi.
Men jamoaning o‘yin uslubida yangicha sxemalar bo‘lishini, ayrim holatlarda tarkib o‘zgartirilishini kutgandim.
Temmi Abraxamni qo‘limdan kelgancha himoya qilishga urinyapman. Temmiga o‘xshagan hujumchilar juda kam. Lekin Abraxamning o‘zi ham uyg‘onishi kerak. Uning yordamisiz hujum chizig‘ida muvaffaqiyat qozonish qiyin bo‘lyapti, - dedi Roberto Prutsso.
Angliyalik hujumchi Italiyadagi dastlabki mavsumida 53 ta uchrashuvda 27 ta to‘p kiritib, shov-shuv ko‘targan edi. Joriy mavsumda esa Abraxamning oldingi chiziqdagi ishlari yurishmayapti.
25 yoshli forvad mavsum boshidan beri barcha turnirlarda 22 marotaba maydonga tushib, raqiblar darvozasiga atigi to‘rt marotaba yo‘l topa oldi xolos.

Eldor ShomurodovRoma transferiTorino klubiA SeriyaJoze MourinoBrayan Kristante O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar