
"Barselona" yarim himoyachisi Andres Inesta «Manchester Siti»ga qarshi kechgan uchrashuv haqida fikr bildirar ekan, so‘nggi daqiqada belgilangan penalti golga aylanmaganidan afsusda ekanini bildirdi.
Eslatib o‘tamiz, Lionel Messi ushbu penaltidan gol ura olmagan edi.
"Biz Manchesterdagi o‘yindan xursandmiz, faqat penalti urilmagani yaxshi bo‘lmadi. Bu borada shunchaki omadimiz kelmadi.
Agarda hisob 3:1 bo‘lganida, keyingi bosqichga chiqqan bo‘lardik. Shunday bo‘lsada "Barselona" uyga yaxshi kayfiyatda qaytadi. Biz uchun "Malaga"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng g‘alaba qozonish juda muhim edi.
Ammo "Manchester Siti" jiddiy raqib bo‘lib qolaveradi. Biz javob o‘yinida ham e’tiborni susaytirmasligimiz kerak", - deydi Inesta.
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar