
"Roma" safida to‘p tepadigan hamyurtimiz Eldor Shomurodov qishki transferlar oynasida jamoani tark etishi mumkin. Uni qo‘lga kiritish uchun kurashga Ispaniyaning "Valyadolid" klubi ham qo‘shildi.
Ispaniyaning "Pucelafichajes" nashrining xabar berishicha, legionerimizga Ronaldo prezidentlik qiladigan "Valyadolid" jamoasi qiziqish bildirayotganini ma’lum qilgan. Klub uni ijaraga olishni istamoqda.
Rimliklar futbolchimizni sotib olish sharti bilan ijaraga bermoqchi. Uning transferi 11 million yevroga baholanmoqda. Biroq ispan klubi bu summa kamaytirilishini xohlayapti. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar