00:28 / 15.01.2023
312

Erik ten Hag "Siti" ustidan qozonilgan g‘alaba haqida nimalar dedi?

Erik ten Hag "Siti" ustidan qozonilgan g‘alaba haqida nimalar dedi?
APL 20-turi doirasidagi "Manchester Yunayted" - "Manchester Siti" uchrashuvida mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchdi. Bellashuvdan keyin Erik ten Hag jamoasining irodali g‘alabasi haqida fikr bildirdi.

"Birinchi bo‘limda juda yaxshi o‘yin namoyish qildik, yaxshi himoyalanib, ko‘plab vaziyatlar yaratdik. Dastlabki 45 daqiqalikdan mamnunman.

Marsyalni zaxiraga olishga majbur bo‘ldim, unda kichik jarohat bor edi. Shundan so‘ng uslubimiz o‘zgardi va tashabbus raqib tomonga o‘tib ketdi. Gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin ham o‘zimizga ishonishdan to‘xtamadik, chunki bahs 90 daqiqa davom etadi.

"Siti"dagilarning holatini tushunaman. Fernandeshning golida hakamlar uchun juda bahsli vaziyat yuzaga keldi.

Biz to‘g‘ri yo‘ldamiz. "Manchester Siti" kabi jamoalarga qarshi to‘psiz harakat qilishni o‘rganish lozim. Ularda ko‘z ochib yumguncha golli vaziyat yaratadigan ijodkor futbolchilar bor
", - dedi niderlandiyalik mutaxassis.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Erik ten Hag "Siti" ustidan qozonilgan g‘alaba haqida nimalar dedi?