
Bugun "Pari Sen-Jermen" jamoasi Ar-Riyod yulduzlaridan iborat jamoaga qarshi maydonga tushadi.
Shou sifatida tashkil etilayotgan o‘rtoqlik uchrashuvida parijliklar "Al-Nassr" hamda "Al-Hilol" klublarining yetakchi futbolchilaridan tuzilgan tarkib bilan bellashadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Riyodliklar tarkibida Krishtianu Ronaldu sardor sifatida jamoani maydonga boshlab tushadi. Avvalroq, bahs qaydnomasi e’lon qilingandi.
Ronaldu va Messi so‘nggi bor 2020 yilning 9 dekabrida to‘qnash kelgandi. O‘shanda Krishtianu "Yuventus", Messi "Barselona" sharafini himoya qilgan.
Pari Sen-JermenAr-Riyod YulduzlarAl-NassrAl-HilolUchrashuv VaqtiKrishtianu Ronaldu O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar