Futbol bo‘yicha o‘rtoqlik o‘yinida «PSJ» 19 yanvar, payshanba kuni «Al-Hilol» va «An-Nassr» yulduzlaridan iborat jamoaga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvning 3-daqiqasidayoq Lionel Messi parijliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 34-daqiqada Krishtianu Ronaldu penaltidan foydalanib, muvozanatni tikladi. 43-daqiqada Markinos Kilian Mbappening uzatmasini golga aylantirdi. Birinchi bo‘lim yakunida Ronaldu yana bir bor gol urib, hisobni tenglashtirdi. Jamoalar tanaffusga durang natija bilan chiqib ketdi.
Ikkinchi bo‘lim ham gollar shousiga aylanib ketdi. Dastlab 53-daqiqada Serxio Ramos gol urgan bo‘lsa, oradan 3 daqiqa o‘tib, Chjan Hyon Su hisobni 3:3 ko‘rinishiga olib keldi. 60-daqiqada Kilian Mbappe penaltini aniq amalga oshirdi va parijliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 78-daqiqada Ugo Ekitike Parij klubining 5-goliga mualliflik qildi. O‘yin yakunlashiga sanoqli soniyalar qolganda Taliska hisobni qisqartirdi.
Shu tariqa «PSJ» 5:4 hisobida zafar quchdi.
«An-Nassr»/«Al-Hilol» — «PSJ» 4:5
Gollar: 0:1 – Messi (3), 1:1 – Ronaldu (34, penalti), 1:2 – Markinos (43), 2:2 – Ronaldu (45+6), 2:3 – Ramos (53), 3:3 – Chjan Hyn Su (56), 3:4 – Mbappe (60, penalti), 3:5 – Ekitike (78), 4:5 — Taliska (90+4).
«PSJ»: Navas (Donnarumma, 62), Hakimi (Pembele, 62), Markinos (Danilu, 46), Ramos (Bitshiabu, 62), Bernat, Ruis (Mendesh, 62), Soler (Garbi, 62), Sanshesh (Vitinya, 46), Neymar (Zair-Emeri, 62), Messi (Kari, 62), Mbappe (Ekitike, 62).
«An-Nassr»/«Al-Hilol»: Al-Ovays, Chjan Hyon Su, Al-Bulayxi, Al-Ganam (Al-Avjami, 46), Abdelhamid, Gustavo, Al-Haybari (Kanno, 61), Martines (Karrilo, 61), Marega (Taliska, 46), Ronaldu (Mateus Pereyra, 61).
Chetlatish: Bernat (39). “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi