23:38 / 21.01.2023
261

Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov yakka peshqadamga aylandi, Javohir Sindorovda ham g‘alaba

Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov yakka peshqadamga aylandi, Javohir Sindorovda ham g‘alaba
Nodirbek Abdusattorov va Arjun Erigaisi / Foto: Tata Steel Chess
Niderlandiyada davom etayotgan «Tata Steel Chess 2023» turnirining 7-turi doirasida o‘zbekistonlik shaxmatchilar g‘alabaga erishishdi.

Veyk-an-Zeye shahrida o‘tayotgan turnirning «Masters» guruhida o‘zbekistonlik xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorov hindistonlik Arjun Erigaisini qora donalarda mag‘lub etishga erishdi. Ushbu g‘alaba orqali Nodirbek ochkolari sonini 5,5 taga yetkazib, guruhda yakka peshqadamga aylanib oldi.

Yana bir xalqaro grossmeysterimiz Javohir Sindorov esa «Challengers» guruhida g‘oliblik uchun kurash olib boryapti. U bu safar niderlandiyalik Elin Royebersga qarshi uchrashuvni oq donalarda o‘tkazib, g‘alabaga erishdi. Shu tariqa, Javohirning ochkolari soni 5taga yetdi.

Javohir Sindorov
Avvalroq, Abdusattorov vengriyalik Rixard Rapport, eronlik Parham Maqsudluni mag‘lub etib, amerikalik Fabiano Karuana va hindistonlik Dommarju Gukesh bilan durang o‘ynagan edi. Ikki kun avval esa Magnus Karlsen ustidan muhim g‘alabaga erishgan, kuni kecha hindistonlik Rameshbabu Pragnanandaa bilan durang qayd etgandi.

Ma’lumot uchun, «Masters» guruhida yana 6 ta tur o‘tkaziladi. Turnir 29 yanvargacha davom etadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov yakka peshqadamga aylandi, Javohir Sindorovda ham g‘alaba