Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov 8-turda durang o‘ynadi, Javohir Sindorovda mag‘lubiyat

Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov 8-turda durang o‘ynadi, Javohir Sindorovda mag‘lubiyat
Niderlandiyada klassik shaxmat bo‘yicha "Tata Steel Chess 2023" musobaqasi masters guruhida ishtirok etayotgan Nodirbek Abdusattorov 8-tur doirasida amerikalik Levon Aronyanga qarshi dona surdi va durangga erishdi.

Ushbu durangdan so‘ng Nodirbekning hisobidagi ochkolari soni 6 taga yetdi. U hamon peshqadamlikni saqlab turibdi.

Masters musobaqasi jadvali bilan tanishing:
Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov 8-turda durang o‘ynadi, Javohir Sindorovda mag‘lubiyat
Afsuski, chellenjerlar tasnifida qora donalarda harakat qilgan Javohir Sindorov turkiyalik Mustafa Yilmazga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Challengers jadvali quyidagi ko‘rinishda:
Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov 8-turda durang o‘ynadi, Javohir Sindorovda mag‘lubiyat
23 yanvar xalqaro turnir dasturiga binoan dam olish kuni etib belgilangan.

Har ikki guruhdagi 9-tur o‘yinlari 24 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi. Nodirbek Abdusattorov germaniyalik Vinsent Keymer bilan ro‘baro‘ kelsa, Sindorov amerikalik Mishra Abximanyu bilan kuch sinashadi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar