21:48 / 23.01.2023
436

O‘n nafar bokschimiz Osiyo chempionati finaliga chiqdi

O‘n nafar bokschimiz Osiyo chempionati finaliga chiqdi
Foto: Olympic.uz
Bangkokda o‘tayotgan boks bo‘yicha U-22 Osiyo chempionati O‘zbekiston terma jamoasi uchun ajoyib natijalarga boy bo‘lmoqda. Bugun yigitlar o‘rtasidagi yarim final janglari yakuniga yetdi. Ahamiyatlisi, unda ringga ko‘tarilgan 11 vakilimizdan 10 nafari o‘z jangini muvaffaqiyatli o‘tkazib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi eng ko‘p final yo‘llanmasiga bo‘lgan jamoaga aylandi.

Bugungi natijalar:
-48 kg: Shodiyor Meliqo‘ziyev — Lester Durens (Filippin) 5:0
-51 kg: Muhammadqodir Mamirjonov — Tanarat Sayengpet (Tailand) 0:5
-60 kg: Dilshod Abdumurodov — Fido Rafayel (Indoneziya) 5:0
-63,5 kg: Shahboz Yunusaliyev — Askat Kultayev (Qirg‘iziston) 3:2
-67 kg: Bekzod Hamidov — Ixtiyor Nishonov (Qirg‘iziston) 4:1
-71 kg: Nurislom Ismoilov — Nuradin Rustambek Uulu (Qirg‘iziston) 5:0
-75 kg: A’loxon Abdullayev — Abdumalik Boltayev (Tojikiston) 5:0
-80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev — Yerasil Jakpekov (Qozog‘iston) 4:1
-86 kg: Shohjahon Abdullayev — Nursultan Bolotbayev (Qozog‘iston) 1-raundda nokaut g‘alaba
-92 kg: Nusrat Tohirov — Yerxat Bekzat (Qozog‘iston) 5:0
+92 kg: Jahongir Zokirov — Amanat Sabirgali (Qozog‘iston) 5:0

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘n nafar bokschimiz Osiyo chempionati finaliga chiqdi