
"Roma" safida to‘p tepayotgan legionerimiz Eldor Shomurodov kishki transferlar oynasida Rim klubini tark etishi kutilyapti. Sababi, futbolchimiz Rim klubida kam o‘yin amaliyotiga ega.
Jurnalist Flavio Tassoti bergan xabarga ko‘ra, "bo‘rilar" Eldorni ijaraga berishga tayyor. Endilikda, "Verona" ham uni o‘z safiga qo‘shib olish istagini bildirmoqda.
Avvalroq, "Torino", "Kremoneze" hamda "Lill" kabi jamoalar legionerimiz transferiga qiziqish bildirayotgani haqida xabar bergandik.
Joriy mavsumda 27 yoshli hujumchi "Roma" safida jami 8 uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Eldor ShomurodovRoma KlubiTransfer OynasiVerona JamoasiHujumchi MavsumIjaraga Berish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar