
Niderlandiya mezbonlik qilayotgan shaxmat bo‘yicha “Tata Steel Chess-2023” musobaqasida 9-tur bahslari yakuniga yetdi.
Masters guruhi peshqadami Nodirbek Abdusattorov germaniyalik Vinsent Keymerga qarshi dona surib, durang o‘ynadi. 9 turdan so‘ng 6.5 ochko jamg‘argan Abdusattorov hamon ushbu guruh peshqadamligini saqlab turibdi.
Chellenjerlar tasnifida Javohir Sindorov o‘tgan turdagi maglubiyatdan so‘ng g‘alabali qaytish qildi. Bu gal yurtdoshimiz amerikalik Abximanyu Mishrani taslim etdi. Ushbu g‘alabadan keyin 6 ochko jamg‘argan Javohir 4-o‘rinda bormoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar