
Ukrainalik hujumkor yarim himoyachi Mixail Mudrik “Chelsi”dagi debyut uchrashuvida o‘ziga xos muvaffaqiyatga erishdi.
Opta statistik portalining ma’lumotlariga ko‘ra, soatiga 36,63 kilometr tezlikka erishgan ukrainalik futbolchi Angliya Premer-ligasining joriy mavsumidagi eng yuqori tezlikni qayd etgan o‘yinchiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, Mudrik “Chelsi”dagi debyut uchrashuvini "Enfild"da "Liverpul"ga qarshi o‘tkazdi. Yarim himoyachi 57-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi.
Avvalroq Mudrik “Chelsi”ga emas, Londonning boshqa klubi – hozirda turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan “Arsenal”ga o‘tishi mumkinligi xabar qilingan edi. Shunga qaramay, "aristokratlar" ukrainalik futbolchi uchun poygada g‘alaba qozonishdi.
Ukrainalik FutbolchiChelsi DebyutiAngliya Premer-ligasiMuvaffaqiyatli O'yinTezlik RekordiMixail Mudrik O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar