Joriy mavsum A Seriyadagi ishtirokini boshlagan “Kremoneze”ning yuqori divizion jamoalariga “tishi o‘tmayapti”.
“Kremoneze” futbolchilari chempionatning qoq yarmiga kelgan pallada hali biror marotaba g‘alaba qozona olgani yo‘q. Kremoneliklar 19 ta uchrashuvdan faqat sakkiztasida durang o‘ynab, raqiblardan bittadan ochko tortib olgan.
Debyutant jamoaning ko‘rsatkichlari klub rahbariyatini umuman qoniqtirgani yo‘q. Klub rahbarlari yangi yildan keyin jamoani boshqarib kelgan Massimiliano Alvinini iste’foga chiqardi.
“Kremoneze”ni 15 yanvardan Davide Ballardini boshqarmoqda. Bu murabbiy quyi ligaga sho‘ng‘ish arafasida turgan jamoalarni qutqarib qolishi bilan nom chiqargan. Eldor Shomurodov “Jenoa”da o‘ynagan davrda, Ballardini xavfli zonada turgan genuyaliklarni qisqa fursatda musobaqa jadvalining o‘rta qismiga olib chiqqan edi.
Aynan mana shu mutaxassis davrida Eldor Shomurodov Italiyadagi ilk jamoasi – “Jenoa” safida to‘purarlik mahoratini namoyish qilgan.
Eldor debyut mavsumida A Seriyada 31 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasiga sakkizta to‘p kiritganini hali unutganimiz yo‘q. Ayniqsa, o‘sha mavsumning ikkinchi yarmida hamyurtimiz golli seriyasi bilan qator jamoalar e’tiborini tortgan edi.
Natijada Shomurodov o‘ziga bo‘lgan takliflar orasida “Roma”ning chorlovini qabul qilgandi. Rimliklar o‘zbek hujumchisi uchun Genuya klubiga 18 million yevro to‘lagani ham Shomurodovning to‘purarlik qobiliyatiga ishonch katta bo‘lganidan dalolat beradi.
Shunday qilib, Ballardini o‘zbek hujumchisining imkoniyatlarini yaxshi biladi, degan xulosaga kelishimiz mumkin. Joze Mourinodan farqli ravishda bu mutaxassis Shomurodovning salohiyati va iqtidorini qadrlaydi. Ballardini "Jenoa"ni boshqargan paytda klub rag‘bariyatiga qishki transferlar vaqtida Eldor Shomurodovni boshqa klubga qo‘yib yuborishni ta’qiqlagan edi.
Cuoregrigiorosso.com saytining yozishicha, Davide Ballardini “Kremoneze”ni qabul qilib olganidan keyin klub rahbariyatini Eldor Shomurodov uchun kurashga qaytardi. Avvaliga kremoneliklar bir necha bor “Roma” eshigini taqillatgan bo‘lsa-da, o‘zbek hujumchisidan rad javobini olgandi.
Endi jamoaga Ballardinining bosh murabbiylik qilishi vaziyatni o‘zgartirishi mumkin.
Shunga qaramay, Davide Ballardini jamoasiga ham legionerimiz transferini amalga oshirish oson bo‘lmaydi. Chunki, Eldorga “Spetsiya”, “Torino”, “Fiorentina”, “Sampdoriya”, "Verona" kabi jamoalardan ham jiddiy takliflar bo‘lmoqda.
Shomurodovning o‘zi faoliyatini Italiyada davom ettirishga qaror qilganini bildirib, Germaniyaning “Bayer”, Ispaniyaning “Valyadolid”, Fransiyaning “Lill” va “Renn” klublari takliflarini qabul qilmadi.
“Roma” o‘zbek hujumchisining transferini 12-14 million yevroga baholayotgani haqida xabarlar bor. Xaridorlar ushbu summani birdaniga to‘lasa yoki yozda to‘lash majburiyatini o‘z zimmasiga olgan taqdirda rimliklar o‘zbek hujumchisining transferini rasmiylashtiradi.
Hali qishki transferlar oynasi yopilishiga bir necha kun vaqt bor. Shomurodov transferi tez orada hal bo‘lishi kutilmoqda. Demak, vaziyatni kuzatishda davom etamiz. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi