date

Bu yozda o‘z klubini aniq tark etadigan 10 nafar futbolchilar

Bu yozda o‘z klubini aniq tark etadigan 10 nafar futbolchilar

Xames Rodriges
Bu iste’dodning ketishi "Real" da yana bir yorqin yulduz etishmovchiligini keltirib chiqaradigan ko‘rinadi, sababi bu yigit klubning asosiy tarkibiga juda kam jalb qilinmoqda va o‘zining optimal formasini ushlab turishi uchun jarohatlar xalaqit qilmoqda, bunday holatda "Real" kabi klublar uzoq vaqt kutib turmaydi. Xamesning o‘zi ham zahira o‘yinchisi rolini bajarishga rozi emas, shunday ekan yaqin kunlarda ingliz klublarining biriga transfer qilinishini kutishimiz mumkin.

Riyad Maxrez
Bizningcha bu yigit Primer liganing ushbu mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi. Riyad deyarli "Lester"ning har bir urgan golida ishtirok etmoqda va jamoa etakchilaridan biri hisoblanadi. Maxrez allaqachon 16 ta gol urishga va 11 ta golli uzatmani amalga oshirishga erishdi, shuningdek Marxez "Lester" hujumlaridagi muhim bo‘g‘in hisoblanadi. Riyad klubining chempion bo‘lishiga munosib hissa qo‘shdi, yaqin yozdagi transfer chog‘ida dunyoning barcha grand klublari uni o‘z safida ko‘rishga intilishi shubhasiz, bunday super-iste’dodni saqlab qolish uchun "Lester" ning imkoni yo‘q.

Xatem Ben Arfa
Xatem barcha jarohatlar va ko‘ngilsizliklardan qutuldi, o‘zining ajoyib formasini tikladi va endi Evropaning kuchli klublari orzusidagi futbolchiga aylandi, uning bu yozda ozod agentga aylanishini hisobga olsak uni qo‘lga kiritishni istovchi klublar soni ortishi shubhasiz, asosiy da’vogarlar esa «PSJ», «Liverpul», «Milan» va «Atletiko».

Shkodran Mustafi
Ajoyib markaziy himoyachi, hozirgi paytda bilasizki bu pozisiyada yaxshi futbolchini topish unchalik oson emas. Mustafi "Valensiya" ning bugungi darajasidan ancha o‘sib ketdi va «Yuventus», «Inter», «Barselona», «Atletiko» va «Tottenxem» kabi klublarning jiddiy qiziqishini hisobga olsak, uni bu yil yozda "Valensiya" ni aniq tark etadi deyishimiz mumkin.

Domeniko Berardi
Domeniko «Sassuolo» darajasida ancha o‘sdi va endi keyingi karerasini yangi bosqichda davom ettirishi uchun vaqt etib keldi. Berardi uchun hamon "Yuventus" asosiy da’vogar bo‘lib turibdi va gap-so‘zlarga qaraganda unga Ispaniya va Angliya klublari ham qiziqmoqda.

Mario Balotelli
Afsuski, "Super-Mario" endi unchalik "super" emas, uning futbolchilik faoliyati bo‘yicha yangiliklar juda kam, hamda uning «Liverpul» dagi kunlari tugab bormoqda. Yurgen Klopp o‘z o‘yinchilaridan ko‘p harakat qilishlarini, raqibga tinimsiz bosim o‘tkazish va o‘yin davomida ulardan to‘liq kuch bilan o‘ynashni talab qilmoqda. Bu borada Marioda muammolar bor va nemis yangi jamoasini shakllantirishda Balotelliga umid qilmayapti.

Andrey Yarmolenko
Andrey o‘z klubi va terma jamosasining etakchisi hisoblanadi. Hozir u a’lo darajadagi sport formasiga ega, "Dinamo" klubi muxlislariga bergan va’dasini amalda bajardi, ya’ni Ukraina chempioni bo‘ldi. Evro-2016 da u o‘zini ko‘rsatadi va Ukraina o‘z o‘yin uslubini asosan Andrey orqali quradi, bu unga o‘zini ko‘rsatishi uchun ajoyib imkoniyat. Uni anchadan buyon kuzatishmoqda, hozir u 26 yoshda va "Dinamo" miqyosida barcha narsalarga erishdi, uning Evropaga ko‘chib o‘tishi uchun vaqt etib keldi.

Mishi Batshuayi
Marsel klubi joriy yil yanvar oyida o‘zining ushbu bebaho futbolchisini yangi shartnoma tuzishga ko‘ndirib yengil nafas olayotgan bo‘lsa ajab emas. Mishi ajoyib sport formasiga ega va Evro-2016 ga boradi, uni ko‘plab klublarning skautlari yaqindan kuzatishlari turgan gap, shu bilan birga unga asosiy da’vogarlar «Tottentxem», «Yuventus», «Atletiko» va «Liverpul» hisoblanadi.

Aleksandr Zinchenko
"Ufa" klubi jon saqlash uchun kurashmoqda, agar primer ligada qolishni uddalashgan taqdirda ham Zinchenkoning yana bir mavsum klubda qolishiga kafolat yo‘q. Evropaning top-klublari Aleksandrga qiziqmoqda, Kievning "Dinamo" klubi ham uni vataniga qaytarishga ishtiyoqmand, ishuningdek Rossiya klublaridan ham qiziqishlar mavjud. Mana u yaqinda o‘z intervyusida nima dedi: "Men ushbu mavsum oxirigacha "Ufa" klubida qolishim aniq, lekin kelajagim haqida oldindan taxmin qilishni istamayman". Bizningcha chempionat qanday tugashidan qat’iy nazar bu uning "Ufa" dagi oxirgi mavsumi bo‘ladi.

Romelu Lukaku
Romelu "Everton" da uchinchi mavsumini o‘tkazmoqda va aniq bo‘lib ulgurdiki, klub belgiyalikning iste’dodiga to‘g‘ri kelmaydi. Jadval o‘rtasidagi o‘rin? Lukaku bundan ham yuqori o‘rinlarga loyiq. U bor-yo‘g‘i 22 yoshda, ammo u allaqachon katta tajribaga ega bo‘lib ulgurdi. Romelu Belgiyaning yaqinda boshlanadigan Evro-2016 dagi birinchi raqamli hujumchisi bo‘ladi. Undan keyin "Everton" yaxshigina mablag‘ga ega bo‘ladi, Romelu esa o‘z iste’dodiga mos klubga o‘tadi va chempionlik tituli uchun kurashish imkoniga ega bo‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Bu yozda o‘z klubini aniq tark etadigan 10 nafar futbolchilar