2023 yilda "Milan" ketma-ket mag‘lubiyatlari bilan muxlislari hafsalasini pir qila boshladi. Agar so‘nggi uchta o‘yinni oladigan bo‘lsak, Stefano Pioli shogirdlari ularda dahshatli mag‘lubiyatlarni qabul qilib oldi. Jumladan, "Inter"ga 0:3, "Latsio"ga 0:4 va "Sassuolo"ga 2:5 hisobida imkoniyat boy berildi.
Qizig‘i shundaki, joriy yil gol o‘tkazib yuborish bo‘yicha Yevropaning top-5 chempionatida ishtirok etuvchi barcha 98 jamoa ichida eng yomon ko‘rsatgich aynan “Milan”ga tegishli bo‘lib turibdi. Yakunlanib borayotgan yanvar oyidagi o‘yinlarda "rossonerilar" o‘z darvozalaridan jami 18 ta gol o‘tkazib yuborishdi.
2023 yilda o‘tkazib yuborilgan gollar bo‘yicha top-5 chempionatlardagi eng yomon beshta jamoa ro‘yxati quyidagicha ko‘rinishda: “Milan” (18), “Ayachcho” (15), “Salernitana” (14), “Monpele” (13), “Trua” ( 12). “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...