463
Ro‘ziqul Berdiyev: "To‘g‘risi, Nasrullayevni "Ordabasi"ga borishiga qarshilik ko‘rsatardim"
Qarshining “Nasaf” klubi ham Antaliyadagi tayyorgarlik bosqichini rejaga binoan davom ettiryapti. Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi u yerda bir qator o‘rtoqlik uchrashuvlarini o‘tkazadi va kuzatib borayotgan bo‘lsangiz nazorat bahslaridagi ishtirokini boshlab yuborgan.
Kecha “Nasaf” Ukraina jamoasiga qarshi maydonga tushdi. Qizig‘i, “Andijon” qo‘shni maydonda o‘z o‘yinini o‘tkazdi. Faqat o‘yinlarning boshlanish farqi yarim soatni tashkil qilardi. “Nasaf” o‘z uchrashuvini tugatgach, Ro‘ziqul Berdiyev yordamchisi Shuhrat Toshpo‘latov bilan birga “Andijon” ishtirokidagi o‘yinni kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Shu fursatdan foydalanib, Ro‘ziqul Sa’dullayevichga ayrim savollarni yo‘llab oldik.
- Reja bo‘yicha barcha futbolchilarimizga o‘ynash uchun imkoniyat beryapmiz. Bugun ko‘proq oldingi uchrashuvda o‘ynamagan o‘yinchilar maydonga tushishdi. Uchrashuvning katta qismida ular harakat qilishdi. Bellashuv 1:1 bo‘lgan bo‘lsa ham o‘yin sifati biz kutgandek bo‘lmadi. Raqibimiz ham ancha jiddiy ekan. Birinchi divizion vakili bo‘lishiga qaramasdan yetakchi jamoa ekan. O‘yini ancha yaxshi va shakllangan. Ko‘p futbolchilarimizning imkoniyatlarini chamalab olyapmiz. Endi keyingi uchrashuvga tayyorgarlikni boshlaymiz. Yana birin-ketin ikkita o‘yin o‘tkazamiz. Ya’ni, 2 va 4 fevralda o‘ynaymiz. Umumiy ma’noda 8 ta o‘rtoqlik uchrashuvi rejalashtirilgan. Shu bois o‘yinchilarimizga ko‘proq imkoniyat beramiz.
- Ko‘rdikki, “Nasaf”ning o‘yinini “Paxtakor” bosh murabbiyi Maksim Shatskix chetdan kuzatib bordi...
- (Kuladi) Hamma jamoalar shu yerda-ku. Hozir mana, o‘zim ham imkoniyat bo‘lganida “Andijon” jamoasining o‘yinini ko‘ryapman. Buni hech bir boshqacha jihatlari yo‘q. Hammasi tushunarli. Klublar shu yerda bo‘lgani uchun murabbiylar bir-birini o‘yinini borib ko‘rishlari tabiiy hol. Negaki, chempionatda baribir bir-birimizga raqib bo‘lamiz. O‘rganishga harakat qilishadi va yangi o‘yinchilarga qarashadi. Bu normal holat.
- Sherzod Nasrullayevga Qozog‘istonning “Ordabasi” klubi qiziqayotganini eshitib qoldim. Bunga qanday munosabat bildirasiz? Bu xabar rostmi?
- To‘g‘risi, murabbiy sifatida “Ordabasi”ga borishiga qarshilik ko‘rsatardim. Chunki Sherzod “Ordabasi” emas, balki undan kuchliroq jamoalarda to‘p surishga qodir. Yana bir tomoni borki, o‘zimizni ham oldimizda jiddiy o‘yinlarimiz bor. Shuning uchun uni “Ordabasi”ga o‘tishini xohlamasdim.
- Demak, bu noto‘g‘ri ma’luotmi?
- Bilmadim, balki rostdan takliflar bo‘lgandir, ammo Sherzod Nasrullayev o‘zimizga ham kerak. Agar kuchliroq chempionatga borsa yaxshi bo‘lardi. Hozirgi paytda Qozog‘iston chempionatini O‘zbekiston chempionatidan kuchli deb o‘ylamayman.
- Xusniddin Aliqulov ham klubda qoladimi?
- U ham shu yerda. Oldin ham aytgandim, kuchliroq chempionatga ketadigan bo‘lsa, marhamat boraversin. Klubimiz bunga qarshi emas. Ozgina mablag‘ni deb o‘rtacha chempionatga jo‘natish menimcha futbolchimizga ham zarar keltirishi mumkin.
Shuhratbek Jo‘rayev.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...