Ronaldu: O‘g‘lim menga Beyldan sekinroq yugurishimni aytdi

Ronaldu: O‘g‘lim menga Beyldan sekinroq yugurishimni aytdi
Ronaldu: O‘g‘lim menga Beyldan sekinroq yugurishimni aytdi

Madridning “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning 5 yoshli o‘g‘li unga jamoadoshi Garet Beyldan sekinroq yugurishini aytdi, deb yozmoqda "Uff.uz" nashri.

“O‘g‘lim bo‘lishini har doim xohlaganman. U meni yaxshi tomonga o‘zgartirdi. Bir kun u menga Beyl mendan tezroq yugurishini aytdi. Men esa unga “Sening otangdan tezroq yuguradigani yo‘q” deb javob qaytardim. O‘g‘limga bu narsalarni maktabda aytishgan ekan.

Boshqa safar esa u Messi mening o‘ng oyog‘im singari o‘ynay olish istagini aytganini gapirib berdi. Bunday hikoyalar meni quvontiradi, axir u hali juda yosh”, – dedi Ronaldu.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar