10:20 / 04.02.2023
1 404

Shomurodov buni hazil, deb o‘yladi...

Shomurodov buni hazil, deb o‘yladi...
Eldor Shomurodovning yuqori o‘rinlar uchun kurashayotgan “Roma”dan A Seriya autsayderi “Spetsiya”ga ko‘chib o‘tgan ko‘p muhokamalarga sabab bo‘ldi.

“Spetsiya” sport direktori Eduardo Masia Shomurodovning transferini amalga oshirish qiyin bo‘lgani va buni qanday uddalaganini aytib berdi.

- Yanvar oyining birinchi kunidan transferlar bo‘yicha strategik rejamizni qanday yuritishni aniq bilardik. Muzokaralarning murakkabligi, futbolchilarni ko‘ndirish juda qiyin ekani bor gap.

Biz o‘zimiz mo‘ljallagan o‘yinchilarni olish uchun juda ko‘p mehnat qildik. Hatto Raymonds Krollisning kelishi uchun ham ancha ishladik. Germaniya, Gollandiya va Belgiya klublari bilan raqobatlashishga to‘g‘ri keldi.

O‘zimiz tanlagan futbolchilarni jamoaga kelishga ko‘ndira olganimiz bizning katta ustunligimiz bo‘ldi. Nishonimizdagi o‘yinchilarni olish uchun haqiqatan ko‘p kurashishga to‘g‘ri keldi.

O‘zingiz istagan o‘yinchini qo‘lga kirita olishga bo‘lgan ishonchimiz mentalitetimizga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. Bunga Eldor Shomurodovni misol qilish mumkin. Birinchi marotaba aloqaga chiqqanimizda buni hazil, deb o‘yladi. Chunki unga da’vogar jamoalar juda ko‘p edi.

O‘zaro suhbatlarimizdan keyin Eldor safimizga ko‘chib o‘tishga rozilik berdi, hech kim uni majburlagani, ko‘kragidan itargani yo‘q.

Birinchi uchrashuvimizda hammasi barbod bo‘lgandi. Lekin oxirigacha kurashish biz uchun to‘g‘ri yo‘l ekanini bilishimiz kerak. O‘zimizga “Eng yaxshi holatda rad etishadi”, deb ishga kirishdik. Shunday bo‘ldi, boshida bizga rad javobini berishdi. Biz esa, kurashni davom ettirdik.

Yutug‘imiz shundan iboratki, futbolchilar ham, agentlar ham, loyihamiz jiddiy ekanini va uni amalga oshirishda ular muhim figura bo‘lishi mumkinligini tushunib yetdi.

Agar Eldor “Roma”da o‘yin amaliyotisiz qolayotgan bo‘lsa, biz unga, u esa, bizga yordam berishi mumkin. Eldor xuddi Krollis kabi juda muhim futbolchi. Ularning xarakteri juda kuchli.

Shomurodov o‘z yurtida afsona, uni butun dunyo kuzatib bormoqda va Eldor buni mas’uliyat bilan qabul qiladi
, - dedi Eduardo Masia.

Eslatib o‘tamiz, “Spetsiya” Eldor Shomurodovni 2023 yilning 30 iyunigacha ijaraga oldi va bu muddat uchun “Roma”ga 1,5 million yevro to‘laydi. Mavsum yakunlanganidan keyin legionerimiz yana Rimga qaytadi. Shundan so‘ng, futbolchimiz kelajagi borasida bir qarorga kelishi talab etiladi. Ko‘p narsa, Shomurodov ijara muddatini qanday o‘tkazishi va samaradorligiga bog‘liq bo‘ladi.

Shomurodov yangi jamoasidagi debyutini 5 fevral kuni “Spetsiya” maydonida bo‘ladigan “Napoli”ga qarshi uchrashuvda nishonlashi kutilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shomurodov buni hazil, deb o‘yladi...