date
views 454

Fedor Emelyanenko amerikalik raqibdan nokautga uchradi (video)

Федор Eмельяненко америкалик рақибдан нокаутга учради (видео)
Foto: TASS
Rossiyalik jangchi Fedor Emelyanenko faoliyatidagi soʻnggi jangda amerikalik Rayan Beyderga yutqazdi. Bu AQShning Kaliforniya shtati Inglvud shahrida boʻlib oʻtgan Bellator 290 turniridagi asosiy jang edi.

Bellashuv birinchi raunddayoq yakunlanib, 2 daqiqayu 39 soniya davom etdi. Beyder ikkinchi daqiqada rossiyalikni ortga qulatdi. Keyin Emelyanenko parterda chalqancha yotgan holda zarbalar seriyasini oʻtkazib yubordi va hakam jangni toʻxtatdi.

Shu tariqa, Emelyanenko Beyderdan ogʻir vazn toifasida Bellator chempionlik kamarini tortib ololmadi.

Bu ushbu rossiyalikning Beyderga qarshi ikkinchi jangi boʻldi. 2019 yil yanvarida u ogʻir vazn boʻyicha Bellator Gran-prisi finalida amerikalik raqibiga qarshi jangning 35-soniyasidayoq nokautga uchragandi. Beyder Emelyanenkoni ikki bor magʻlub etgan tarixdagi ilk jangchiga aylandi.

46 yoshli rossiyalik — toʻrt karra Pride FC chempioni va ikki karra RINGS chempioni. U bir necha bor vazn toifasidan qat'i nazar turli versiyalarda eng yaxshi jangchi deb topilgan. U faoliyati davomida 48 jang oʻtkazib (bittasi hisoblanmagan) 40 bor gʻolib boʻlgan. Avvalroq ushbu MMA afsonasi Beyderga qarshi jang uning faoliyatidagi oxirgi jang boʻlishini aytgandi. Jangdan keyin ham u ketishini uzil-kesil tasdiqladi.

39 yoshli Beyder endilikda MMA turnirlaridagi gʻalabalari sonini 31 taga etkazdi, u etti bor magʻlubiyatga uchragan, yana bir jangi hisoblanmagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fedor Emelyanenko amerikalik raqibdan nokautga uchradi (video)