MMA afsonasi, sobiq Pride promousheni og‘ir vazni chempioni Fyodor Yemelyanenko (40-7, 1NC) Rayan Beyderga (31-7) qarshi Bellator og‘ir vazni chempionlik jangidan keyin o‘zining MMA bilan xayrlashish nutqini amalga oshirdi:
"Bir tarafdan xafaman. Chunki, jangda g‘alaba qozona olmadim, qadrdonlar. Ammo, boshqa tarafdan xursandman. Siz aziz muxlislar, umrim va faoliyatim davomida menga yo‘ldosh va raqib bo‘lgan jangchilar bugun meni qo‘llab-quvvatlash uchun arenaga yig‘ilishdi. Sizlarni ko‘rib turganimdan boshim osmonga yetdi. Bugun shu yerda, shu jamoa bilan birga bo‘ldim. Albatta, bu yerdagi tengqurlarim mening yoshimni inobatga olishadi va tushunishadi deb o‘ylayman. Endi tugataman, barchaga tashakkur!"
Rayan Beyderning g‘alabadan keyingi nutqi:
"Xuddiki, bir vaqtning o‘zida ham shirin, ham achchiq ta’mli hissiyotni tuymoqdaman. Chunki, sizlar kabi men ham Fyodorning muxlisiman, u orqali MMA'ga qadam qo‘yganman. Hammasidan oldin, uni yetarlicha qo‘llab-quvvatlang va u loyiq bo‘lgan hurmatni unga ko‘rsating. Tushuning, men bugun shunchaki o‘z ishimni bajarishim shart edi.
Boshim ko‘kka yetmoqda, chunki, men Yemelyanenko darajasidagi barcha davrlarning eng buyuk jangchisiga qarshi ikki marotaba oktagonga ko‘tarila oldim. Gap g‘alabada emas, afsonaga qarshi chiqa olishimni o‘zi aqlbovar qilmas hodisa. Yaxshiyamki, men bu tarixning bir qismiman!" “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?