Bahorgi mavsumdagi Rossiya chempionatining 5 qahramoni

Rossiya chempionati yakunlandi. Mavsum yakunlari yuzasidan tahliliy xulosa chiqarishimiz mumkin. Kim tanaffusdan keyin o‘zini yaqqol ko‘rsata oldi va jamoasining yutuqlariga o‘zining sezilarli foydali ta’sirini ko‘rsata oldi?
Serdar Azmun
Berdiev jamoasi tarkibidagi muhim ijrochi va “Rostov” ning hayratlanarli muvaffaqiyatini yaratishdagi asosiy o‘yinchilardan biri. Bu bahorda hujumchi o‘zining ajoyib sport formasiga kirdi. Serdarning ketma-ket 5 uchrashuvda gol urishi, yakuniy muvafaqiyatda ushbu urilgan gollar qiymatini baholamaslik mumkin emas. Ya’ni uning «Ural» va «Zenit» bilan o‘tkazilgan muhim uchrashuvlardagi g‘alaba keltiruvchi gollari, jangovor g‘alaba keltirgan “Dinamo” darvozasiga urgan dubli, «Lokomotiv» va «Mordoviya» darvozasiga kiritgan gollari jamoasi uchun o‘ta muhim ochkolarni keltirdi. Ha “Kuban” klubiga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvda gol urolmagan bo‘lsada, uning 2 marta tepgan zargarona to‘pi mu’jiza tufayligina Belenov darvozasi to‘ridan joy olmadi. “Rostov” ning umumiy 12 bahorgi mavsumdagi raqiblari darvozasiga kiritgan 18 ta golidan 6 tasi Serdarga tegishli. Eronlik hujumchi ishtirokidagi “Ural” darvozasiga urilgan g‘alaba to‘pi tarixiy ahamiyatga ega bo‘ldi, ya’ni ushbu gol evaziga “Rostov” klubi birinchi marta Chempionlar ligasida ishtirok etadi.

Fyodor Smolov
Fyodor «Krasnodar» klubi bilan ketma-ket 7 o‘yinda raqiblari darvozasini ishg‘ol qildi. Bu bilan 26 yoshli hujumchi ketma-ket gol urish borasida Dmitriy Vyazmikin va Aleksandr Kerjakovlarni quvib etdi. Bungacha Rossiya primer ligasida ketma-ket 8 uchrashuvda raqib darvozasini faqat Georgiy Demetradze ishg‘ol qilgan edi. 8 uchrashuvda 13 ta gol! Ushbu futbolchi yaqin yillar davomida gol urolmagan edi, ya’ni ketma-ket 45 uchrashuvda gol urolmagan, qo‘rqinchli seriya 1775 minutga etgan edi. Hozir esa u ko‘rsatayotgan samarali o‘yinga hatto Messi va Ronaldu hasad qiladi. Ko‘pchilikning fikricha, yaqinda bo‘lib o‘tadigan Evro-2016 musobaqasida Rossiya terma jamoasi safida Mamaev-Smolov juftligi faoliyat yuritishi kerak.

Pontus Vernblum
Dzagoyevning futboldagi kamolotga erishishi, urgan oltin golini inkor etmagan holda hamda Musaga e’tiborni susaytirmagan holda aynan shvesiyalik yarim himoyachining hatti-harakatlarini yuqori baholagan bo‘lar edik. Pontus – monstr, maydonda bunday shafqatsiz ehtirosli jangovor futbol namoyish qilish faqat Simeonening yigitlariga xos. Nafaqat maydonda, balki echinish xonasida ham u haqiqiy lider va etakchidir. Sluskiy jamoasining asosiy va almashtirilmas ijrochisi, nafaqat raqib hujumlarini buzish va o‘z darvozasini himoya qilish, balki boshqa pozisiyalarda ham foydali o‘yinchiga aylanib ulgurdi. “Ufa” va “Terek” jamoalariga qarshi kechgan o‘yinlarda urgan g‘alaba keltiruvchi gollari fikrimizga dalil bo‘la oladi.

Xalk
Yaqinda Xalk «gol+pas» tizimi bo‘yicha 50 ochko to‘pladi. Uning bu natijasi nafaqat Loskovning chempionatning bir mavsumida kiritilgan gollar bo‘yicha o‘rnatgan rekordini takrorladi, balki milliy chempionat va klubning shu paytgacha erishgan yutuqlarini yangiladi: bundan oldin biron bir futbolchi liga tarixida “gol+pas” tizimi bo‘yicha 50 ochko to‘plash darajasiga etmagan. Rossiya chempionatidagi grossmeyster darajasidagi futbolchi (agar bundan ortiq bo‘lmasa) ni terma jamoa murabbiylari shtabi Amerikada bo‘lib o‘tadigan bo‘lajak turnirda mamlakat bayrog‘i ostida o‘ynashga jalb etdi. Xalk nafaqat o‘zi mohirona to‘p surmoqda, shu bilan birga hamkorlari Dzyuba va Shatovlarni ochilishiga yordam bermoqda, buning uchun unga alohida rahmat aytish kerak.

Kvinsi Promes
Qizil-oqlarning navbatdagi omadsiz mavsumidagi birdan bir yorqin dog‘i. Bu yigit nafaqat o‘zining foydali hatti-harakatlari bilan, balki har bir o‘yinda o‘zining jonkuyarligini namoyish etib kelmoqda. Chempionatning bahorgi mavsumida ushbu hujumchining hisobidagi «Ural» va «Amkar» jamoalari darvozasiga kiritgan g‘alaba keltiruvchi gollarni va derbidagi “Dinamo” darvozasiga yo‘llagan dubli evaziga jamoasiga keltirgan 3 ochkoni e’tiborga olishimiz mumkin. Qiziq, Promes o‘zini ko‘rsata olmagan o‘yinlarda “Spartak” mag‘lubiyatga uchradi, xususan «Zenit», «SSKA» va «Rostov» jamoalaridan mag‘lubiyatga uchragan. Jamoaning mavsumdagi maqsadi Evrokuboklarda ishtirok etish edi, Kvinsi bo‘lmaganda ushbu turnirda ishtirok etishni uddalay olarmidi? Buyuk klubning ishlarini yuqori darajaga ko‘tarish uchun, balki klubni 11 nafar Promeslardan iborat tarkib bilan to‘ldirish kerakdir?

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing