
“Pari Sen-Jermen” hujumchisi Lionel Messi hayotining katta qismini Barselona shahrida o‘tkazgan.
35 yoshli hujumchining amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Messi kelajagi bo‘yicha hali yakuniy qarorga kelgani yo‘q. Argentinalik jahon chempioni faoliyatini qayerda davom ettirishdan qat’i nazar, butsasini mixga ilganidan keyin Barselonaga ko‘chib o‘tishini ta’kidladi.
- Professional futbolchilik faoliyatimni yakunlaganidan keyin Barselonaga qaytib boraman. Chunki bu shahar mening uyim, - dedi Lionel Messi.
“Barselona” klubi esa o‘zi tarbiyalagan yulduz uchun jamoa eshiklari doimo ochiq ekanini ta’kidlab keladi. Biroq, aksariyat manbalar Messi klubning hozirgi rahbariyatidan xafa ekani tufayli o‘yinchi sifatida sobiq jamoasiga qaytmasligini ta’kidlamoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar