00:47 / 08.02.2023
424

"Andijon" bosh murabbiyi qur’adan keyin: "Menimcha, Ro‘ziqul Berdiyev sezgan bo‘lsa kerak"

"Andijon" bosh murabbiyi qur’adan keyin: "Menimcha, Ro‘ziqul Berdiyev sezgan bo‘lsa kerak"
Xabaringiz bor, Superliganing yangi mavsumi uchun qur’a tashlandi. “Andijon” jamoamiz chempionatni “Nasaf” klubiga qarshi mehmonda boshlaydi.

Raqiblar ma’lum bo‘lgach, har kimda turlicha taassurotlar paydo bo‘ladi. Shu sababli bosh murabbiy Aleksandr Xomyakovning bu boradagi fikrlarini bilishga qiziqdik.

- Aleksandr Andreyevich, qur’a tashlashdan oldin nimani kutgandingiz?
- Men qur’adan avval hech nima kutmagan edim. Buning uchun hech qanday reja ham o‘ylamagandim. Birinchi turda “Nasaf” bilan o‘ynaydigan bo‘ldik. Bahorda hammada imkoniyatlar bir xil bo‘ladi. Shuning uchun kimga qarshi to‘p surishimizni farqi yo‘q. Ikki o‘yinimiz safarda o‘tadi, mayli hech qisi yo‘q.

- Nima deb o‘ylaysiz, “Nasaf” noqulay raqibmi yoki...
- O‘zbek futbolining bayroqdori hisoblanadi. Ular ungacha Osiyo Chempionlar ligasida o‘ynaydi. Hamma raqiblar noqulay. Lekin barcha jamoa bilan o‘ynasa bo‘ladi.

- "Andijon"da oxirgi marotaba 2020 yil ishlaganingizda ham mavsum shunday boshlangandi, ya’ni ketma-ket ikkita o‘yin safarda. Ikkinchi tur esa aynan "Nasaf"ga qarshi kechgandi...
- Ha, dastlabki ikkita uchrashuv safarda bo‘lgandi. “Lokomotiv” hamda “Nasaf”. Keyin uyda “Navbahor” bilan o‘ynaganmiz. Albatta, bu o‘tmishda bo‘lib o‘tgan. Hozirgi holatni u davr bilan tenglashtirdib bo‘lmaydi, hammasi yaxshi bo‘ladi.

- Bungacha ikki marta “Nasaf” ustozi Ro‘ziqul Berdiyev “Andijon”ning o‘yinini tomosha qildi. Endi siz ham ularning o‘yinini kuzatasizmi?
- Ha, menimcha u sezgan bo‘lsa kerak. Aslida har bir murabbiyiga raqib jamoaning o‘yinlarini kuzatish qiziq bo‘ladi. Kimning qanday imkoniyatga egaligini ko‘rishlari tabiiy. Bu yerda hech qanday taajjublanish yo‘q.

- Umuman olganda, qur’adan ko‘nglingiz to‘ldimi?
- Ha, albatta qoniqdim, nimaga qoniqmayman?

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Andijon" bosh murabbiyi qur’adan keyin: "Menimcha, Ro‘ziqul Berdiyev sezgan bo‘lsa kerak"