date
views 356

"Bunyodkor" o‘rtoqlik uchrashuvida Rossiya klubini mag‘lub etdi

"Bunyodkor" o‘rtoqlik uchrashuvida Rossiya klubini mag‘lub etdi
Yangi mavsumga tayyorgarlikni Turkiyaning Antaliya shahrida davom ettirayotgan "Bunyodkor" bugun yig‘in doirasidagi dastlabki sinov-nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.

Raqib — Rossiyaning daraja jihatdan ikkinchi musobaqasi FNL vakili hisoblangan "Veles". Uchrashuvda tartibli harakat qilgan "qaldirg‘ochlar" Avazbek O‘lmasaliyevning yagona goli evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Jamoaga kelib qo‘shilgan Shohruh Abdurahmonov va Doniyor Abdumannopovga ham murabbiylar imkoniyat berishdi.

"Bunyodkor": Suhrob Sultonov, Diyor Jaloliddinov, Davronjon Ergashev (sardor), Avazbek O‘lmasaliyev, Muzaffar Olimjonov, Akbar Ismatullayev, Doniyor Abdumannopov, Shohruh Abdurahmonov, Igor Ivanovich, Usmonali Ismonaliyev, Suhrob Izzatov.

Zaxiradan maydonga tushganlar: Jasurbek Yoqubov, Farhod O‘tkirov, Rasul Yo‘ldoshev, Muhammad Safo Fozilov, Abdulloh Omonaliyev, Muhammadodil Qahramonov, Narimon Ahmadjonov.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Bunyodkor" o‘rtoqlik uchrashuvida Rossiya klubini mag‘lub etdi