“Spetsiya” A Seriyaning navbatdagi turiga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda. Liguriyaliklar 21-turdan keyin yigirmatadan kam ochkoga ega bo‘lgan to‘rt jamoadan biri hisoblanadi.
Eldor Shomurodov borib qo‘shilgan jamoa vakillariga xotirjamlik begona. “Spetsiya” quyi ligaga tushib ketadigan uchta o‘rin chegarasida joylashgan. 18-qatorda turgan “Verona” bilan oradagi farq atigi to‘rt ochkoni tashkil qilmoqda.
Hozirgacha raqiblar darvozasini 17 marotaba ishg‘ol qilgan “Spetsiya” ligada eng kam gol urgan uchta jamoadan biri bo‘lib turibdi.
Luka Gotti va uning shogirdlari oldidagi yagona vazifa – yuqori diviziondagi joyini saqlab qolishdan iborat.
Eldor Shomurodovning yangi jamoadagi debyuti mag‘lubiyatdan boshlanganiga guvoh bo‘ldik. Chempionlikka yaqinlashib borayotgan “Napoli” tarkib jihatidan o‘zidan ancha zaif bo‘lgan Liguriya klubini yanchib tashladi.
“Spetsiya” ayni paytda bor e’tiborini 11 fevral kuni navbatdagi turda “Empoli” maydonida bo‘ladigan bahsga qaratgan. Bo‘lajak raqib, haqiqiy o‘rtamiyonalardan. Ular Yevrokuboklarga yo‘llanma beradigan o‘rinlarga da’vogarlik qilolmaydi. Shuningdek, xavfli hududdan yetarlicha uzoqda.
“Spetsiya” klubi faoliyatini yoritib borayotgan https://www.cittadellaspezia.com sayt jurnalisti Andrea Bonatti jamoa muxlislariga yaxshi yangilikni yetkazdi.
Jamoaning asosiy to‘purari Mbali Nzola boldiridagi jarohatdan qutilgan va bo‘lajak bellashuvda qatnashishga tayyorlanyapti.
“Empoli” va “Spetsiya” to‘qnashuvi muxlislarga ilk bor Shomurodov va Nzola tandemini kuzatish imkoniyatini beradi. Luka Gotti “Napoli”dan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin bo‘lajak bellashuvga alohida ahamiyat bermoqda.
Bu ikki hujumchidan tashqari, diskvalifikatsiya muddati yakunlangan Emmanuel Gyasi oldida ham hech qanday to‘siq qolmadi. Raymonds Krollis va boshqa hujumchilar ham safda. Nihoyat, hujum chizig‘i to‘liq o‘yinga tayyor holatda, - deb yozmoqda Andrea Bonatti.
Manbaning ta’kidlashicha, Luka Gotti vaziyatni ijobiy tomonga o‘zgarishida hujumchilarga, ayniqsa, Eldor Shomurodov va Mbala Nzola tandemiga juda qattiq suyanmoqda. Angolalik hujumchi joriy mavsumda A Seriyada 18 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 9 marotaba ishg‘ol qildi va to‘purarlar bahsida kuchli to‘rtlikda boryapti.
Shuningdek, 26 yoshli mohir hujumchi Italiya kubogida ham ikki marotaba maydonga tushib, o‘z hisobiga bir juft gol va assist yozdirib qo‘ygan.
Eldor Shomurodovga motivatsiya kerak emas. Legionerimiz Italiya chempionatidagi debyut mavsumida “Jenoa” safida to‘purarlik qobiliyatini namoyish qilgan. “Roma”da o‘yin amaliyotisiz qolib ketgan hujumchimiz, uni kuzatib borayotgan Joze Mourino va boshqalarga nimalarga qodir ekanini yana bir bor isbotlab qo‘yishi talab etiladi.
Demak, 11 fevral kuni “Empoli” va “Spetsiya” uchrashuvida Eldor Shomurodov va Mbala Nzola o‘yinini kuzatishimiz mumkin. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 19:00 da boshlanadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi