“Nasaf” klubi Antaliyada Malayziyaning “Kedax” klubiga qarshi maydonga tushib irodali tarzda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Bahs yakunlangach, “Nasaf” ustozi Ro‘ziqul Berdiyev o‘yin taassurotlari xususida gapirdi.
“Yigitlarning irodasini sinab ko‘ryapmiz. Uchrashuv shunday kechdiki, darvozamizdan gol o‘tkazib yuborganimizdan keyin o‘yinni qutqarishga majbur bo‘ldik. Ikkinchi bo‘limda maydonga tushgan yigitlar yaxshiroq harakat qilib, g‘alabaga o‘z hissalarini qo‘shishdi. Birinchi bo‘limdagi tarkibimizdan asosan o‘yin amaliyotiga kamroq ega bo‘layotgan futbolchilar joy olgandi. Ikki kun oldin esa bugun ikkinchi bo‘limda 30 daqiqa o‘ynagan yigitlar harakat qilishgan. Ko‘proq amaliyotga e’tibor qaratyapmiz. Bundan albatta qoniqish hosil qilyapmiz.
Ko‘ngilni xira qilgani bu – Limani jarohat olgani bilan bog‘liq. U biz bilan tayyorgarlikni to‘liq bosqichda o‘tkazayotgandi. Holati ham yaxshi edi. Boshqa yigitlar mashg‘ulotlarda qatnashishyapti, ko‘rsatmalarimizni bajarishyapti. Ishimizdan mamnunmiz. Jismoniy tayyorgarlikka yig‘inimizning birinchi va ikkinchi bosqichlarida ko‘proq e’tibor qaratgandik. Bu yerda asosan o‘yin amaliyotini oshirish, texnik va taktik vaziyatlarga urg‘u beryapmiz”, - deydi Ro‘ziqul Sa’dullayevich. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin