Foto: “Napoli”
Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 22-turidan o‘rin olgan qator uchrashuvlar 12 fevral, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa peshqadami “Napoli” o‘z maydonida “Kremoneze”ni qabul qildi. Uchrashuvning 21-daqiqasida Xvicha Kvaratsxeliya neapolliklarni oldinga olib chiqdi.
Ikkinchi bo‘limda mezbonlar yana ikkita to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi. 65-daqiqada Viktor Osimhen o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ygan bo‘lsa, 79-daqiqada Elif Elmaz hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.
“Yuventus” bu turda “Fiorentina” bilan bahs yuritdi va Adriyen Raboning yagona goli evaziga zafar quchdi.
12 fevral kungi o‘yinlardan keyin musobaqa jadvali quyidagi ko‘rinishni oldi:
“Napoli” – “Kremoneze” 3:0
Gollar: 1:0 – 21 Kvaratsxeliya, 2:0 – 65 Osimhen, 3:0 – 79 Elmaz.
“Napoli”: Meret, Di Lorenso, Rrahmani, Kim Min Je, Mariu Ruy (Olivera, 71), Lobotka (Demme, 86), Zelinski (Elmaz, 71), Zambo-Angissa, Losano (Ndombele, 83), Osimhen, Kvaratsxeliya (Raspadori, 83).
“Kremoneze”: Karnezekki, Sernikola, Kirikesh, Ferrari (Valeri, 46), Ayvu, Vaskes (Gilone, 68), Meyte (Achella, 76), Benassi, Pikel (Kastanetti, 61), Saju (Chiofani, 60), Afena-Gyan.
Ogohlantirishlar: Vaskes (13), Ayvu (74).
“Yuventus” – “Fiorentina” 1:0
Gol: 1:0 – 34 Rabo.
“Yuventus”: Shchensni, De Shilo, Aleks Sandro, Danilo, Bremer, Kostich, Di Mariya (Fajoli, 76), Rabo, Lokatelli, Vlahovich (Kin, 65), Keza (Paredes, 83).
“Fiorentina”: Terrachchano, Dodo (Terzich, 80), Milenkovich, Raneri, Biragi, Bonaventura (Saponara, 80), Dankan (Kastrovilli, 61), Amrabat, Ikone (Yovich, 65), Kuame, Gonsales (Artur, 80).
Ogohlantirishlar: Rabo (2), Aleks Sandro (19), Dankan (31), Bonaventura (48), Bremer (85), Kostich (88), Kin (90).
“Udineze” – “Sassuolo” 2:2
Gollar: 1:0 – 1 Udoji, 1:1 – 6 Mateus Enrike, 2:1 – 28 Biyol, 2:2 – 45, avtogol Peres.
“Bolonya” – “Monsa” 0:1
Gol: 0:1 – 25 Donati. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi