
“Spetsiya”ni oldinda qiyin uchrashuvlar kutib turibdi. Liguriyaliklar 19 fevral kuni o‘z maydonida “Yuventus”ni qabul qiladi.
Ma’lumotlarga qaraganda, jamoaning asosiy to‘purari Mbala Nzola jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lib, umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytgan. Joriy mavsumda to‘qqizta to‘p kiritgan hujumchi turinliklarga qarshi bahsga tayyorlanmoqda.
Nzola Italiya kubogi doirasida “Atalanta”ga qarshi o‘tkazilgan bellashuvda mushagidan shikastlangan edi. Mohir futbolchi to‘rtta o‘yinni o‘tkazib yubordi.
Bosh murabbiy Luka Gotti oldingi chiziqda Eldor Shomurodov va Mbala Nzola tandemini o‘ynatmoqchi.
SpetsiyaYuventusMbala NzolaEldor ShomurodovItaliya KubogiHujumchi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar