
O‘tgan yil O‘zbekiston Superligasi oltin medallariga ega chiqqan "Paxtakor" yangi mavsumga tayyorgarlikni Turkiyada olib bormoqda.
Bugun Maksim Shatskix shogirdlari Kiyevning "Dinamo" klubiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdi. Bahs toshkentliklarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Yagona gol 34-daqiqada Doston Hamdamov tomonidan kiritildi.
"Paxtakor" - "Dinamo" (Kiyev, Ukraina) 1:0
Gol: Dostonbek Hamdamov (35).
"Paxtakor": Eldor Suyunov, Hojiakbar Alijonov, Doston Tursunov, Shahzod Azmiddinov, Farruh Sayfiyev, Odil Hamrobekov, Sardor Sobirxo‘jayev, Doston Hamdamov, Dragan Cheran, Aziz Turg‘unboyev, Pshemislav Banashak.
"Dinamo" (Kiyev): Neshcheret, Dubinchak, Popov, Dyachuk, Malish, Sidorchuk, Shepelov, Yatsik, Karavayev, Voloshin, Supryaga.
Ogohlantirishlar: H.Alijonov 56, Sh.Azmiddinov 86.
PaxtakorDinamoO‘zbekiston SuperligasiO‘rtoqlik O‘yiniDoston HamdamovTurkiyada Tayyorlanish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar