
Qarshining "Nasaf" klubi kecha Turkiyadagi yig‘in doirasidagi so‘nggi nazorat uchrashuvini Qozog‘istonning "Ordabasi" klubiga qarshi o‘tkazdi. Mazkur bahsdan keyin "ajdarlar" bosh murabbiyi Ro‘ziqul Berdiyev qisqa intervyu berdi.
- "Nasaf"ning Turkiyadagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini yakunlandi, umumiy xulosalaringiz qanday?
- Barcha rejalashtirgan o‘yinlarimizni o‘tkazib oldik. Yigitlarga yetarlicha o‘yin amaliyoti berishga harakat qildik va oldinda bizni kutib turgan Chempionlar ligasida uchrashuvda bor imkoniyatlarimizni ishga solib, yaxshi natija qayd etishga harakat qilamiz.
- Qiziq bir holatga duch keldik, shogirdingiz Bobir Abdixoliqov "Nasaf" jamoasiga qarshi o‘zining yangi jamoasidagi debyut uchrashuvini o‘tkazdi, Bobirning transferi haqida fikringiz qanday?
- Uchrashuv oldidan "Ordabasi" jamoasi murabbiylari va rahbariyati bilan suhbatlashdim, jamoa Qozog‘iston terma jamoasining 5-6 futbolchisini o‘z safiga qo‘shib olibdi. Klub oldiga chempionlik maqsadi qo‘yilibdi, hatto Qozog‘iston terma jamoasi bosh murabbiyi Magomed Adiyev ham tashrif buyuribdi. Jamoaning bo‘lajak mavsumdan maqsadlari katta, "Ordabasi" tarkibida 6-7 nafar Qozog‘iston terma jamoasining o‘yinchilari bor ekan.
- Ro‘ziqul aka jamoaga omad tilaymiz, Qatardan g‘alaba bilan qaytinglar...
-Tilaklar uchun rahmat, Qatardan yuzimiz yorug‘ bo‘lib qaytish nasib qilsin.
Eslatib o‘tamiz, "Nasaf" 19 fevral kuni Osiyo chempionlar ligasi nimchorak finali doirasida "Al Shabab" klubiga qarshi o‘ynaydi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 23:00da boshlanadi.
Nasaf KlubiRo‘ziqul BerdiyevChempionlar LigasiQozog‘iston Terma JamoasiOrdabasi KlubiO‘yin Amaliyoti O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar