
Yevropa Chempionlar Ligasining pley-off bosqichi bahslariga start berildi. UYEFA Chempionlar ligasi nimchorak finalidan o‘rin olgan PSJ - "Bavariya" bahsi yakunlandi. Unda myunxenliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Kingsli Koman tomonidan 53-daqiqada kiritilgan gol bellashuv taqdirini hal qildi.
Shu tariqa, nemis klubi javob uchrashuvi oldidan o‘z imkoniyatlarini yaxshilab oldi.
PSJ — Bavariya 0:1
Gol: Koman (53).
PSJ – Donnarumma, Hakimi (Kimpembe, 46), Ramos, Markinos, Mendesh, Zair-Emeri (Ruis, 57), Soler (Mbappe, 57), Danilu (Vitinya, 75), Verratti, Messi, Neymar.
Bavariya – Zommer, Kanselu (Devis, 46), Upamekano, Pavar, de Ligt, Goretska, Kimmix, Shupo-Moting (Myuller, 76), Sane, Musiala (Gravenberx, 87), Koman (Gnabri, 76).
Ogohlantirishlar: Pavar (26), Kimpembe (70), Neymar (86).
Chetlatish: Pavar (90+2).
Chempionlar ligasining nimchorak finalidan o‘rin olgan "Milan" - "Tottenxem" bahsi mezbonlarning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
O‘yindagi yagona gol muallifi Braxim Diash. Yarim himoyachi 7-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Ma’lumot uchun, ushbu to‘qnashuvning javob o‘yini 9-mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Milan — Tottenhem 1:0
Gol: Dias (7).
Milan – Teterushanu, Ker, Tiav, Kalulu, Ernandes, Salemakers (Messias, 77), Krunich, Dias (de Ketelare, 77), Tonali (Pobega, 86), Jiru, Leau (Rebich, 90+1).
Tottenhem – Forster, Emerson, Dayer, Langle (Devis, 81), Romero, Perishich, Kulusevski (Risharlison, 70), Skipp, Sarr, Son (Danjuma, 81), Keyn.
Ogohlantirishlar: Romero (48), Dayer (63), Tonali (80), Ernandes (90+2).
Ushbu juftliklarda javob bellashuvlari 8 mart kuni o‘tkaziladi.
Yevropa Chempionlar LigasiPSJ BavariyaMilan TottenxemKingsli KomanBraxim DiashO‘yindagi Gol O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar