Rossiya Ukrainaga 140 ta dron bilan hujum qildi: 101 tasi zararsizlantirildi

Dunyo1 daqiqa o'qish5
Rossiya Ukrainaga 140 ta dron bilan hujum qildi: 101 tasi zararsizlantirildi

Rossiya 28 noyabrdan 29 noyabrga o‘tar kechasi Ukraina hududiga 140 ta zarba beruvchi dron bilan hujum qildi. Ukraina havo mudofaasi ularning 101 tasini urib tushirdi yoki elektron vositalar yordamida zararsizlantirdi. Hujum oqibatida 27 ta joyda zarbalar qayd etildi. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlari Harbiy-havo kuchlari ma’lumotlariga tayanib, UNN xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Rossiya tomonidan uchirilgan uchuvchisiz uchish apparatlari orasida «Shahed» turidagi zarba beruvchi dronlar, «Gerbera» hamda «Parodiya» turidagi aldamchi dronlar bo‘lgan. «Shahed» dronlarining 93 tasi reaktiv dvigatel bilan jihozlangan.

Hujumlar Rossiyaning Oryol va Millerovo shaharlari, shuningdek, Rossiya tomonidan vaqtincha bosib olingan Donetsk hududi hamda Qrimdagi Gvardeyskoye aholi punkti yo‘nalishlaridan amalga oshirilgan.

Ukraina Harbiy-havo kuchlarining ma’lum qilishicha, 29 noyabr kuni soat 07:30 holatiga ko‘ra, havo mudofaasi 101 ta dushman dronini yo‘q qilgan yoki zararsizlantirgan. Ularning 55 tasi reaktiv dvigatelli «Shahed» dronlari bo‘lgan.

Shuningdek, Rossiyaning havo hujumi vositalari 27 ta joyga urilgan, urib tushirilgan dronlar qoldiqlari esa yana 13 ta joyga tushgan.

Hujumni qaytarishda Ukraina aviatsiyasi, zenit-raketa qo‘shinlari, radioelektron kurash va uchuvchisiz tizimlar bo‘linmalari, shuningdek, mobil o‘t ochish guruhlari ishtirok etgan.

Harbiy-havo kuchlari ma’lumot e’lon qilingan vaqtda Ukraina havo hududida yana bir nechta Rossiya droni harakatlanayotganini bildirgan. Shu sababli hujum davom etayotgani qayd etilgan.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?