Xitoyda mashhur semiz qoplon parhezdan ozod qilindi

Dunyo1 daqiqa o'qish1
Xitoyda mashhur semiz qoplon parhezdan ozod qilindi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Sichuan provinsiyasidagi hayvonot bog‘ida yashovchi Pan Baobao ismli qoplon yoshi o‘tganligi sababli qat’iy parhezdan ozod qilindi.
  • 18–19 yoshli hayvonning vaznini kamaytirishdan ko‘ra, uning salomatligi va hayot sifatini saqlab qolish ustuvor vazifa etib belgilandi.
  • Endilikda qoplon veterinariya mutaxassislari tomonidan tuzilgan maxsus oziqlantirish rejasi asosida parvarish qilinmoqda.

Xitoyning Sichuan provinsiyasidagi hayvonot bog‘ida yashovchi, tashqi ko‘rinishi bilan «Zootopiya» multfilmidagi Klouxauzerga o‘xshashligi sabab mashhur bo‘lgan Pan Baobao ismli qoplon parhezdan ozod qilindi. Hayvonning yoshi katta bo‘lgani sababli endi uning vaznini kamaytirishdan ko‘ra, salomatligi va hayot sifatini saqlashga ustuvor ahamiyat berilmoqda. Bu haqda AFP agentligi xabar berdi.

18–19 yoshli Pan Baobao 2024 yilda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolari orqali mashhurlikka erishgan. Uning dumaloq qorni va gavdasi «Zootopiya» multfilmidagi politsiya xodimi Klouxauzerga o‘xshatilgan. Qoplonning mashhurligi hayvonot bog‘iga tashrif buyuruvchilar sonining ortishiga ham sabab bo‘lgan.

Shundan so‘ng hayvonot bog‘i uning yashash joyini kengaytirib, vaznini kamaytirish uchun parhezga o‘tkazgan. Pan Baobao dastlab ancha ozgan, biroq vaznini uzoq vaqt saqlab qolish qiyin bo‘lgan.

Hayvonot bog‘i xodimlarining aytishicha, qoplon qarib qolgani sababli vazn tashlashi qiyinlashgan. Uning yoshini hisobga olib, ortiqcha ozishga majburlash salomatligiga zarar yetkazishi mumkin. Shu bois endi asosiy maqsad vaznini kamaytirish emas, balki sog‘lom holatini saqlash va qulay sharoit yaratishdan iborat.

Hozir Pan Baobao veterinariya mutaxassislari tuzgan oziqlantirish rejasi asosida har kuni taxminan 450 gramm mol go‘shti va qo‘shimcha tovuq go‘shti iste’mol qiladi. U yetarli va to‘yimli ovqat bilan ta’minlanmoqda.

Hayvonot bog‘i xodimlari qoplonning yashash joyini kengaytirish bilan birga, jismoniy faolligini oshirish uchun maxsus o‘yinchoqlar ham taqdim etgan. Endi uning vazni barqaror bo‘lishi, salomatligi va o‘zini yaxshi his qilishi muhim hisoblanadi.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?