
Chempionlar ligasining nimchorak finalidan o‘rin olgan "Bryugge" - "Benfika" uchrashuvi mehmonlarning 2:0 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
Dastlab, 51-daqiqada Joau Mariu tomonidan hisob ochildi. 88-daqiqada David Neres ham raqib darvozasini ishg‘ol qilib, oradagi farqni ikkitaga yetkazib qo‘ydi.
Shu tariqa, "Benfika" ikkinchi o‘yin oldidan ustinlikka ega bo‘lib oldi. 8-mart kuni ushbu to‘qnashuvning javob uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
“Bryugge” – “Benfika” 0:2
Gollar: 0:1 – 51 Joau Mariu (penalti), 0:2 – 88 Neresh.
“Bryugge”: Minole, Mata, Mexele, Hendri, Meyer, Odoi (Nilsen, 65), Vanaken, Nvadike, Lang, Soua (Jujla, 79), Byukenen.
“Benfika”: Vlahodimos, Ba, Otamendi, Antoniu Silva, Grimaldo, Joau Mariu (Joau Nevesh, 90), Rafa Silva (Neresh, 65), Eursnes, Shikinyu, Florentinu, Gonsalu Ramush (Gedesh, 65).
Ogohlantirishlar: Odoi (9), Soua (29), Otamendi (43). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar