
"Nasaf" va "Traktorsazi" jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng, qarshiliklar ustozi Ro‘ziqul Berdiev o‘yin haqida o‘z fikrlarini bildirdi. U o‘z so‘zida jamoa xarakter ko‘rsatgani va shogirdlari bilan faxrlanishini ta’kidladi.
- Barchani g‘alaba bilan tabriklayman. OChLda oson o‘yin bo‘lmaydi. Asosiysi biz g‘alabaga erishdik. Futbolchilarimiz xarakter ko‘rsatishdi. Bunaqa yigitlar bilan faxrlanaman.
- Ikkinchi bo‘lim oldidan qanday sehrli so‘zlar aytdingizki, jamoa o‘yini tubdan o‘zgarib ketdi?
- Birinchi bo‘limda bolalarda hayajon bo‘ldi. Tanaffusda imkoniyatdan foydalanish kerakligini ta’kidladim.
- Kablashning o‘yini chiqmadi?
- To‘g‘ri u jamoaga birdan kirishib ketishi qiyin kechdi. Umid qilaman keyinchalik jamoaga kirishib ketadi. Kablash shunday bo‘lsada raqib himoyachilarini qiynab qo‘ydi.
- Bahrom Abduraximovni muxlislar maydonda ko‘rishni istashgandi.
– Bahrom Abduraxmonov va Ilhom Yunusov texnikaga tayanib harakat qiladigan futbolchilar hisoblanishadi. Bugungi o‘yinda jismoniy baquvvat o‘yinchilardan foydalandim.
- Uchta markaziy hujumchi sxemasidan ham foydalanishni rejalashtirganmisiz? OChL berilgan zayavka shuni anglatmoqda.
– Futbolchilarni ampluasiga ko‘ra qaydnomaga kiritilgani bilan o‘yin davomida almashib harakatlanishadi.
- Odil Hamrobekov yosh bo‘lishiga qaramasdan bugun yuqori saviyada o‘ynadi. Uning harakatlari haqida fikringiz?
– Uning harakatlaridan o‘zim ham qoniqdim. Ishonamanki u jamoaning eng ishonchli o‘yinchilaridan biri bo‘lib etishadi .
Manba: www.uff.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar