
Eredivizi 22-turida “Ayaks” 4:0 hisobida “Sparta”ni mag‘lub etdi. Amsterdamliklar safida 84-daqiqada Muhammad Qudus raqib darvozasini ishg‘ol etib, uni Turkiyadagi zilzila tufayli vafot etgan “Hatayspor” a’zosi Kristian Atsuga bag‘ishladi.
“Bu gol Kristian Atsuga atalgandi. Turkiyada nimalar bo‘lganidan hamma xabardor. Buni u bilan do‘st bo‘lganimiz uchun qildim, ammo, ushbu harakat albatta barcha jabrlanganlarga ham bag‘ishlangan. Uni kuzatib, ko‘p narsalarni o‘rgandim, u menga maslahatlar berardi. Bugungi harakatlarim u uchun edi. Agar gol urmaganimda, o‘yindan keyin futbolkani ko‘rsatardim.
Arbitr menga sariq bermadimi? Bu futbol qoidalaridan ko‘proq narsa, hayot va o‘lim haqida. Hakam bu ta’qiqlanganini aytdi, lekin vaziyatni to‘g‘ri tushundi. Buning uchun undan minnatdorman”, deydi Qudus.


AyaksSpartaMuhammad QudusKristian AtsugaErediviziFutbol Qoidalari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar