16:22 / 20.02.2023
455

“Nasaf” OCHL 2022 yilgi mavsumidagi ishtiroki orqali qancha mukofot puliga ega chiqdi?

“Nasaf” OCHL 2022 yilgi mavsumidagi ishtiroki orqali qancha mukofot puliga ega chiqdi?
Foto: “Nasaf”
Qarshining “Nasaf” klubi Osiyo Chempionlar Ligasining 2022 yilgi mavsumi 1/8 finalida “Ash-Shabob”ga yutqazib (0:2), musobaqadagi ishtirokini yakunladi.

Qarshiliklar musobaqaning ushbu mavsumidagi ishtirok orqali 230 ming dollar ishlab oldi. Guruh bosqichidagi ikki g‘alaba va uch durang jamoa g‘aznasiga 130 ming dollar daromad keltirgan bo‘lsa, 1/8 finaldagi ishtirok uchun “Nasaf” 100 ming dollar gonorarga ega bo‘lgan.

Bundan tashqari safardagi o‘yinlar uchun klublarga ma’lum miqdorda pul to‘lab beriladi.

“Paxtakor” OCHL—2022 da guruh bosqichidagi ikkita g‘alaba evaziga 100 ming dollar ishlab olgandi.

“Nasaf” Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichida “Al-Faysali” (Saudiya Arabistoni), “As-Sadd” (Qatar) va “Al-Vihdat” (Iordaniya) jamoalari bilan kuch sinashib, o‘z tarixida ilk bor pley-off yo‘llanmasiga ega chiqqandi.

Musobaqaning pley-off bahslari 2022 yildagi tig‘iz taqvim, shuningdek, kuz-bahor tizimiga o‘tish jarayoni sabab 2023 yil boshiga ko‘chirilgandi.

“Nasaf” O‘zbekiston Kubogi—2022 dagi g‘alaba orqali Osiyo Chempionlar Ligasining 2023/24 yilgi mavsumi guruh bosqichiga to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘llanmani qo‘lga kiritgan. Musobaqaning guruh bosqichi sentyabr—dekabr oylarida bo‘lib o‘tsa, pley-off bahslari va final 2024 yilning fevral—may oylarida o‘tkaziladi.

OCHL 2023/24 yilgi mavsumi uchun O‘zbekistonga “2+2” kvota ajratilgan. Qarshi klubidan tashqari “Paxtakor” to‘g‘ridan to‘g‘ri guruh bosqichiga yo‘l olgan, “Navbahor” va “OKMK” esa saralashda ishtirok etadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Nasaf” OCHL 2022 yilgi mavsumidagi ishtiroki orqali qancha mukofot puliga ega chiqdi?