“Nasaf” futbolchisi Husayn Norchayev Rossiyaning “Alaniya” klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqida qarshiliklar matbuot xizmati xabar qildi.
Husayn Norchayev “Nasaf” futbol maktabi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Husayn 2019 yildan buyon bosh jamoa tarkibida edi. Norchayev “Nasaf” tarkibida Superliganing bir marta kumush va bir marta bronza medallarini, ikki bor O‘zbekiston Kubogini qo‘lga kiritgan. 2021 yilda OFK kubogida to‘purarga aylangandi.
“Alaniya” hozirda Rossiya birinchi ligasida ortda qolgan 20 turdan so‘ng 38 ochko bilan 2-pog‘onani egallab turibdi.
Futbolchi “Nasaf” muxlislariga xayrlashuv murojaatini yo‘lladi:
Husayn Norchayev jamoamizning sevimli muxlislariga xayrlashuv video murojaatini yoʻlladi! pic.twitter.com/x4COI0fQ24
— Шухрат Раззаков (@ShuhratRazzakov) February 22, 2023
Husayn NorchayevNasaf FutbolAlaniya KlubiO‘zbekiston KubogiSuperliga MedallariFutbol Muxlislari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar