PSJ hujumchisi Lionel Messining agent sifatida manfaatlarini himoya qilayotgan otasi Xorxe “Barselona” klubi prezidenti Joan Laporta bilan uchrashdi.
Manbalarning ta’kidlashicha, uchrashuv chog‘ida tomonlar uchta masalani muhokama qilgan. Ulardan eng asosiysi, Messini “Barselona”ga qaytarish masalasidir. Shuningdek, klub o‘zining afsonaviy futbolchisiga ehtirom ko‘rsatishi lozimligi ham muhokama mavzu bo‘lgan.
Tomonlar ko‘rib chiqqan uchinchi masala Leoning akasi Matias bilan bog‘liq. Matias yaqinda Kataloniya klubi, xususan, Laportani keskin tanqid qilib, Leo endi “Barselona” qaytmasligini ta’kidlagan edi.
Aytish lozimki, Messining kelajak faoliyati mavhum bo‘lib turibdi. Xorxe Messi PSJ bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokara o‘tkazib, o‘zaro kelisha olmagan edi.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring