“Barselona” rahbariyati kelasi mavsum oldidan tarkibni tubdan yangilashga qaror qildi. Bu orqali klub xo‘jayinlari maoshlar fondini 200 million yevrogacha qisqartirishni ko‘zlamoqda.
El Nacional nashrining ta’kidlashicha, bosh murabbiy Xavi Ernandes o‘ziga kerak bo‘lgan olti nafar futbolchini tanlab olgan. Bu ro‘yxatga Robert Levandovski, Ronald Arauxo, Pedri, Gavi, Jyul Kunde va Andreas Kristensen kiritildi.
Qolgan barcha futbolchilar bo‘yicha taklif bo‘lsa, klub ularni qo‘yib yuboradi. “Barselona” joriy mavsumda Ispaniya chempionligini qo‘lga kiritishga yaqin turibdi.
Shunga qaramay, rahbariyat tarkibni yangilamoqchi.
BarselonaXavi ErnandesRobert LevandovskiRonald ArauxoFutbolchilarIspaniya chempionligi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar