00:24 / 26.02.2023
399

Stranja—2023. 12 nafar o‘zbekistonlik finalda, 6 nafar bokschi bronza bilan kifoyalandi

Stranja—2023. 12 nafar o‘zbekistonlik finalda, 6 nafar bokschi bronza bilan kifoyalandi

Bolgariyaning Sofiya shahrida boks bo‘yicha «kichik jahon chempionati»ning yarim final janglari yakunlandi. Bahodir jangsiz finalga chiqdi.

Jami esa 11 nafar bokschimiz final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

Yarim finalda mag‘lub bo‘lgan Shunqor Abdurasulov, Dilshod Abdumurodov, Nurislom Ismoilov, Xavasbek Asadullayev va Jasurbek Yo‘ldoshevlar bronza medali bilan kifoyalanishdi.

  • -48 kg: Shodiyorjon Meliqo‘ziyev - Yergunal Sebatin (Bolgariya) 3:2 g‘alaba
  • -51 kg: Hasanboy Do‘stmatov - Jimao Jang (Xitoy) 4:1 g‘alaba
  • -54 kg: Mirazizbek Mirzaxalilov - Federiko Serra (Italiya) 3:2 g‘alaba
  • -60 kg: Shunqor Abdurasulov - Radoslav Rosenov (Bolgariya) 1:4 mag‘lubiyat
  • -60 kg: Adhamjon Muhiddinov - Dilshod Abdumurodov 5:0
  • -63,5 kg: Ruslan Abdullayev - Maks Makkleri (Avstraliya) 5:0 g‘alaba
  • -63,5 kg: Mujibillo Tursunov - Emilo Garsiya (AQSh) 4:1 g‘alaba
  • -67 kg: Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev - Gurgen Madoyan (Armaniston) 5:0 g‘alaba
  • -67 kg: Bekzod Hamidov - Sebastyan Terteryan (Daniya) 5:0 g‘alaba
  • -71 kg: Nurislom Ismoilov - Erdemir Tugrulxan (Turkiya) 0:5 mag‘lubiyat
  • -71 kg: Saidjamshid Ja’farov - Nikolay Terteryan (Daniya) raqib 1-raunddan so‘ng jangni davom ettirishdan bosh tortdi
  • -75 kg: Xavasbek Asadullayev - Villiam Cholov (Bolgariya) 2:3 mag‘lubiyat
  • -80 kg: Jasurbek Yo‘ldoshev - Robbi Gonsales (AQSh) 0:5 mag‘lubiyat
  • -86 kg: Shohjahon Abdullayev - Georgi Kushitashvili (Gruziya) 5:0 g‘alaba
  • +92 kg: Bahodir Jalolov - Muhammad Abdullayev (Ozarbayjon) raqib jangga chiqmaganligi sabab, Jalolov finalga yo‘l oldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Stranja—2023. 12 nafar o‘zbekistonlik finalda, 6 nafar bokschi bronza bilan kifoyalandi