Xabaringiz bor, bugun Bolgariyadagi "Stranja-2023" xalqaro turnirining final janglari o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ikki nafar hamyurtimiz - Bahodir Jalolov va Shohjahon Abdullayev muddatidan oldin chempion bo‘ldi.
Terma jamoamiz bosh murabbiyi To‘lqin Qilichevning so‘zlariga ko‘ra, bokschilarimizning raqiblari bugungi final jangiga chiqishdan bosh tortishgan.
Yigitlarimiz ishtirokidagi qolgan final bahslari esa rejaga binoan Toshkent vaqti bilan soat 20:00da boshlanadi.
Stranja-2023Bahodir JalolovShohjahon AbdullayevBoks FederatsiyasiFinal JanglariO‘zbekiston Terma Jamoasi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar