22:05 / 28.02.2023
562

Toshkentdagi boks bo‘yicha jahon chempionatida qatnashmaydigan mamlakatlar soni 12 taga yetdi

Toshkentdagi boks bo‘yicha jahon chempionatida qatnashmaydigan mamlakatlar soni 12 taga yetdi

Foto: Instagram/aiba_official

Norvegiya boks federatsiyasi o‘z vakillarini JCH-2023ga yubormaslikka qaror qildi, Rossiya va Belarus bokschilariga o‘z mamlakatlari bayroqlar ostida turnirda qatnashishga ruxsat etilgani bunga sabab bo‘ldi.

Turnirda qatnashishdan bosh tortgan mamlakatlar soni, Norvegiya bilan, 12 taga yetdi. Ungacha AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya, Polsha, Ukraina, Niderlandiya, Shveysariya, Chexiya, Shvetsiya va Irlandiya turnirga boykot e’lon qilgandi. Germaniya terma jamoasi esa Parij-2024 Olimpiadasiga tayyorgarlik ko‘rishi sababli JCHda qatnashmasligini bildirgandi.

NBF xabariga ko‘ra, Norvegiya rossiyalik va belaruslik sportchilar keladigan barcha IBA chempionatlari va tadbirlarida qatnashmaslikka qaror qilgan. Bu butun delegatsiyaga tegishli: bokschilar, jamoalar, sudyalar va rasmiy shaxslar.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentdagi boks bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionati 2023 yilning 1–14 may kunlari bo‘lib o‘tadi. Boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatiga esa, avvalroq, 15–31 mart kunlari Nyu-Deli (Hindistonda) mezbonlik qiladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Toshkentdagi boks bo‘yicha jahon chempionatida qatnashmaydigan mamlakatlar soni 12 taga yetdi