19:00 / 02.03.2023
269

Janubiy Koreya bosh murabbiyi: "Bu katta g‘alaba. Ammo bugungi bahs allaqachon yakuniga yetdi"

Janubiy Koreya bosh murabbiyi: "Bu katta g‘alaba. Ammo bugungi bahs allaqachon yakuniga yetdi"

20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi guruh bosqich 1-turidan o‘rin olgan Janubiy Koreya - Ummon uchrashuvida koreyaliklar 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Bellashuvdan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanida Janubiy Koreya jamoasi bosh murabbiyi Yong Jun Kim ishtirok etib, quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:

"Jamoamiz yaxshi o‘yin namoyish etdi. Ilk uchrashuvdagi g‘alaba juda muhim edi. Biz buni uddaladik. Keyingi bahsga bor e’tiborimizni qaratishimiz lozim.

O‘ylashimcha, raqib safida texnikasi kuchli bo‘lgan futbolchilar ko‘p edi. Shuningdek, ular jismoniy tomondan ham bizdan ustun edi. O‘z o‘yinimizga e’tibor qaratdik va 3 ochkoni qo‘lga kiritdik.

Bu katta g‘alaba. Ammo bugungi bahs allaqachon yakuniga yetdi va biz endi keyingi bellashuvga tayyorlanishimiz kerak.

Bugun zaif tomonimizni ko‘rmadim. Jamoa sifatida ajoyib harakat qildik va kerakli natijani qo‘lga kiritdik. Eng muhim vazifani bajardik, deb o‘ylayman.

Hakamlarning qarorini hurmat qilamiz. Ular namunali ishladi, deyishimiz mumkin", - dedi mutaxassis.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Janubiy Koreya bosh murabbiyi: "Bu katta g‘alaba. Ammo bugungi bahs allaqachon yakuniga yetdi"