4 mart kuni Britaniyaning Nyukasl shahrida joylashgan "Nyukasl" arenasida o‘tkaziladigan boks oqshomida hamyurtimiz Otabek Holmatov (10-0, 9KO) mezbon bokschi Tomas Patrik Uordga (33-0-1, 5KO) qarshi ringga ko‘tariladi.
Ushbu bahs yarim o‘rta vaznda WBA jahon chempionlik kamari uchun eliminator jangi sifatida belgilangan. Ya’ni g‘olib bokschi chempionlik kamari uchun ringga ko‘tarilish imkoniyatini qo‘lga kiritadi.
Bugun, ushbu jang avvalida vazn o‘lchash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bokschilar vazn me’yorini bajara olishdi. O‘z o‘rnida yurtdoshimizga muhim jangda omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.
Otabek HolmatovNyukasl ArenasiBoks OqshomiWBA Chempionlik KamariVazn O‘lchashJang Omad O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar