Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 1-turida “Bunyodkor” 4 mart, shanba kuni “So‘g‘diyona”ga qarshi bahs olib bordi.
Jizzaxda o‘tgan uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar daxlsiz qoldi. Ikkinchi bo‘limda esa mehmonlar hisobni ochdi. 71-daqiqada Igor Ivanovichning uzatmasidan so‘ng Umid Sultonov to‘pni darvoza tomon aniq yo‘lladi. O‘yin oxiriga qadar shu hisob saqlanib qoldi va “lochinlar” g‘alaba qozondi.
Shu tariqa “Bunyodkor” mavsumni g‘alaba bilan, “So‘g‘diyona” esa mag‘lubiyat bilan boshladi.
“So‘g‘diyona” — “Bunyodkor” 0:1
Gol: 0:1 — 71 Umid Sultonov.
“So‘g‘diyona”: 27. Milan Mitrovich, 8. Iskandar Shoyqulov (5. Ayubxon No‘monov, 76), 9. Zenan Zaymovich (7. Serder Serderov, 57) , 10. Javohir Qahramonov, 11. Jasur Hasanov (26. Ulug‘bek Abdullayev, 78), 12. Xislat Xalilov (32. Nodirjon Soyibov, 76) 14. Boburbek Yo‘ldoshev, 15. Tarik Isich, 22. Sanjar Shoahmedov, 28. Stanislav Andreyev (6. Alisher Salimov, 76), 93. Marko Kolakovich.
“Bunyodkor”: 1. Suhrob Sultonov, 2. Aleksey Nosko, 4. Davronjon Ergashev, 6. Avazbek O‘lmasaliyev, 7. Akbar Ismatullayev (10. Rasul Yo‘ldoshev, 76), 8. Shohruh Abdurahmonov, 11. Igor Ivanovich (17. Viktor Sotnikau, 85), 15. Jasur Hakimov (99.Umid Sultonov, 68) 22. Usmonali Ismonaliyev, 33. Doniyor Abdumannopov (29. Muzaffar Olimjonov, 85), 34. Suhrob Izzatov.
Ogohlantirishlar: Bobur Yo‘ldoshev (26 ), Javohir Qahramonov (36), Sanjar Shoahmedov (37), Marko Kolakovich (88).
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring