20:59 / 04.03.2023
451

U-20 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston pley-offga birinchi bo‘lib yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

U-20 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston pley-offga birinchi bo‘lib yo‘llanmani qo‘lga kiritdi

Yurtimizda o‘tayotgan 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Kubogining ikkinchi tur o‘yinida O‘zbekiston terma jamoasi Iroqqa qarshi maydonga tushdi. Mazkur bellashuvda vakillarimiz 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvdagi yagona gol Po‘latxo‘ja Xoldorxonov nomiga qayd etildi. U 17-daqiqada raqib posbonini ranjitishga muvaffaq bo‘ldi.

Shu tariqa, 6 ochko jamg‘argan vakillarimiz guruhdan chiqish masalasini ijobiy hal qildi. Navbatdagi turda vakillarimiz Indoneziyaga qarshi bahs olib boradi.

Iroq U-20 — O‘zbekiston U-20 0:1

Gol: 0:1 — 17, Po‘latxo‘ja Xoldorxonov.

Iroq U-20: 22.Hussayn Hassan, 4.Kadim Raad Xotam, 5.Abdul Razzoq Qosim (s), 6.Adam Tolib, 10.Abdul Qodir Jamil, 16.Ali Jassim, 17.Mislim Mussa, 18.Ali Sodiq, 19.Sajjad Muhammad, 21.Haydar Abdulkarim, 22.Hussayn Hasan, 23.Abbuud Rabah.

Zaxira: 1.Abbos Karim, 12.Omran Zaki, 2.Sajjad Muhammad, 3.Ali Abbos, 7.Muhammad Jamil, 8.Ismoil Ahmad, 9.Mustafo Qobid, 11.Ashar Ali 13.Abbos Majid, 14.Fabbos Fadhil, 15.Abbos Mane.

O‘zbekiston U-20: 21.Otabek Boymurodov, 3.Abduqodir Husanov, 6.Jahongir O‘rozov, 7.Po‘latxo‘ja Xoldorxonov, 8.Behruzbek Asqarov, 10.Umarali Rahmonaliyev (s), 13. Zafarmurod Abdirahmatov, 14. Abbosbek Fayzullayev, 15. Diyorbek Ortiqboyev, 17. Nodirbek Abdurazzoqov (16.Shahzodbek Rahmatullayev, 35), 20. Mahmudjon Mahamadjanov.

Zaxira: 1.Edem Nemanov, 12.Asrorbek Kenjayev, 2.Izzatullo Po‘latov, 4.Abubakr Ashurov, 5.Javohir O‘tamurodov, 9.Shahzodjon Ne’matjonov, 11.Shahriyor Jabborov, 18.Saidafzalxon Ahrorov, 19.Shahzod Akramov, 22.Sherzod Esanov, 23.Asadbek Jo‘raboyev.

Ogohlantirishlar: Jahongir O‘rozov (35), Haydar Abdulkarim (41)

Chetlatish: Shahzodbek Rahmatullayev (44)


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » U-20 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston pley-offga birinchi bo‘lib yo‘llanmani qo‘lga kiritdi