AQSHning Las-Vegas shahrida O‘zbekiston vaqti bilan 5-mart tongida UFC 285 musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
MMA kechasining asosiy jangi og‘ir vazn toifasida vakant kamar uchun Jon Jons (27-1) va Siril Gan (11-2) o‘rtasida kechdi. Yarim og‘ir vazn toifasining sobiq chempioni 1-raunddayoq Ganni bo‘g‘ish usuli bilan taslim etdi va og‘ir divizion tituliga ega chiqdi.
Yana bir markaziy janglarning birida Valentina Shevchenko (22-4) Aleksa Grassoga (16-3) qarshi oktagonga ko‘tarildi. Bellashuvda katta ustunlikka ega bo‘lgan Shevchenko 4-raundagi xato evaziga parterga tushib qoldi va Grasso sabmishen evaziga g‘alabani ilib ketdi. Shu tariqa qirg‘izistonlik yakkakurashchi sakkizinchi himoya jangida mag‘lubiyatga uchradi.
O‘zbekistonda tug‘ilgan ayni vaqtda Qozog‘iston sharafini himoya qilayotgan Shavkat Rahmonov (17-0) mazkur musobaqada Jeff Nil (15-5) bilan to‘qnash keldi. Rahmonov 3-raundda raqibini bo‘g‘ish usuli bilan taslim etdi.
Quyidagi shu va boshqa natijalar bilan tanishing:
Asosiy kard
- Jon Jons 1-raundda sabmishen evaziga Siril Ganni mag‘lub etdi;
- Aleksa Grasso 4-raundda sabmishen evaziga Valentina Shevchenkoni yengdi;
- Shavkat Rahmonov 3-raundda sabmishen evaziga Jeff Nilni taslim etdi;
- Mateush Gamrot ochkolar evaziga Jeylin Tyornerdan ustun keldi;
- Bo Nikal 1-raundda sabmishen evaziga Jeymi Pikettni yengdi.
Prelim kard
- Kodi Garbrant ochkolar evaziga Trevin Jonsni mag‘lubiyatga uchratdi;
- Du Plessis 2-raundda Derek Bransonni nokaut qildi;
- Amanda Ribas ochkolar evaziga Vivian Arauxoni yutdi;
- Mark-Andre Barriult 2-raundda Xulian Markesni mag‘lub etdi;
- Yan Garri 3-raundda Kenan Sonni nokautga uchratdi;
- Kemeron Sayman ochkolar evaziga Leomanna Martinesni yengdi;
- Tabata Richchi 2-raundda sabmishen evaziga Jessika Penni yutdi;
- Farid Basharat ochkolar evaziga Damon Blekshirdan ustun keldi;
- Loik Rajabov ochkolar evaziga Esteban Ribovichni mag‘lub etdi.